Hamo () — Suriyaning gʻarbiy qismidagi shahar, Osiy vodiysida. Hamo muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 265 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Qishloq xoʻjaligi (don, paxta, mevalar) rayonining savdo markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, sement, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud.

Tarixi Usmonlilar hukmronligi

Mamluklar hukmronligining gullab-yashnagan davri 1516-yilda, Usmonli turklari Halab yaqinidagi Marj Dabiq jangida mamluklarni magʻlub etib, Suriyani bosib olishlari bilan tugadi. Hamo va Suriyaning qolgan qismi Konstantinopoldan mamlakatni boshqarayotgan Usmonlilar hukmronligi ostiga oʻtdiRing, 1996, p.318.. Usmonlilar davrida Hamo asta-sekin mintaqaning maʼmuriy tuzilmasida muhim ahamiyatga ega boʻldi. U dastlab Tripolidagi iyolat („viloyat“) livalaridan („tuman“) birining markaziga aylantirilganDumper, Stanley, and Abu-Lughod, 2007, p.163.. Hamo Oʻrta yer dengizi sohili sharqidan Osiyoga oʻtadigan savdo yoʻllari uchun muhim markazga ham aylandi. Shaharda 1556-yildan beri mavjud boʻlgan Xon Rustum posho singari bir qancha xonlar (karvonsaroylar) qurilgan. Hamo voliysi 1692-yilda Usmonli imperiyasining qabilalarni joylashtirish dasturi doirasida turkman koʻchmanchilarini Hamo-Hims hududiga joylashtirish vazifasini yukladi p.25..

Keyin XVIII asrda Damashq voliysi mulki tarkibiga kirdi.. Bu vaqtda Damashq voliylari Usmonlilar uchun Suriyaning boshqa qismlarini ham boshqargan Azmlar xonadoni edi. Ular Hamoda hashamatli qarorgohlar, jumladan Azm saroyi va Xon Asad poshoni qurdilar, bu karvonsaroylarni 1742-yilgacha Hamoni bir necha yil boshqargan Asad Posho al-Azm qurdirdi. Bu vaqtga kelib shaharda 14 ta karvonsaroy boʻlib, ular asosan chigit, paxta, jun va boshqa tovarlarni saqlash va tarqatish uchun foydalanilganReilly, 2002, p.72.. 1864-yilda Viloyat qonuni qabul qilingandan soʻng, Hamo kattaroq Shom viloyatining bir qismi boʻlgan Hamo sanjagining poytaxti boʻldi (shahar koʻproq maʼmuriy vakolatlarga ega boʻldi)

Manbalar

Adabiyotlar

. . . . . . . . .

Turkum:Suriya shaharlari

Turkum:Xettlar shaharlari Turkum:Oromiylar shaharlari Turkum:Oromiylar davlatlari Turkum:Kanʼoniylar shaharlari Turkum:Suriyaning tarixiy joylari Turkum:Levant