250px|thumbnail Soma koni fojiasi 2014-yil 13-mayda Turkiyaning Soma shahridagi koʻmir konida sodir boʻldi. Kon ichi portlab, natijada yongʻin vujudga keldi, 15-maygacha kon yondi.http://www.theguardian.com/world/2014/may/15/mining-disaster-mourning-in-turkey Hodisa tufayli 301 kishi halok boʻlib, Turkiya tarixidagi eng katta kon fojiasi boʻldi. Kon egasi Soma Kömür İşletmeleri A.Ş. kompaniyasidir. Portlash elektrik jihoz nosozligi tufayli roʻy berganligi taxmin etildi. Portlash vaqtida konda 787 ishchi bor edi. 16-may kuni energetika va tabiiy resurslar vaziri Taner Yıldız halok boʻlganlar soni 301 deb eʼlon qildi. 120 ishchi hali ham konda qolib, ularni qutqarish ishlari olib borilmoqda.

Konchilar 2013-yil oxirida xavfli ish sharoitlari yuzasidan eʼtiroz bildirishgan edi, lekin Turkiya Oliy Millat Majlisi kon xavfsizligini tekshirishga talabni rad etgan edi.

Manbalar

Havolalar Turkiya voqealari , Kun.uz

Turkum:2014-yil voqealari