Pablo Emilio Escobar Gaviria (; 1949-yil 1-dekabr, Rionegro – 1993-yil 2-dekabr, Medelin) – kolumbiyalik narkobaron, terrorchi va siyosatchi. Medelin kartelining asoschisi va yagona rahbari boʻlgan. Kartel 1980-yillar oxiri va 1990-yillar boshlarida Qoʻshma Shtatlardagi kokain savdosini monopoliya qilgan. „Kokain qiroli“ deb atalgan Escobar tarixdagi eng badavlat jinoyatchilardan biri boʻlib, uning boyligi taxminan 30 milliard (2022-yildagi hisobiga koʻra 70 milliard) AQSh dollarini tashkil etgan.
Rionegroda dehqon oilasida tugʻilgan va Medelinda oʻsgan Escobar Lotin Amerikasi avtonom universitetida qisqa vaqt oʻqigan. Oʻqishni tashlab, jinoiy faoliyat bilan shugʻullana boshlagan, noqonuniy sigaretalar va soxta lotereya chiptalari sotgan, avtotransport vositalarini oʻgʻirlashda qatnashgan. 1970-yillarning boshlarida turli kontrabandachi guruhlarda ishlay boshladi.
1976-yilda Escobar Gonsalo Rodriges Gacha, Carlos Lehder, Jorge Luis Ochoa bilan ittifoq tuzgandan soʻng, kokain tarqatuvchi Medelin karteliga asos soldi. Peru, Boliviya va Ekvadordan va Kolumbiya orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga birinchi kontrabanda yoʻllarini ochdi. Escobarning AQShga kirib borishi kokainga eksponensial talabni yuzaga keltirdi. 1980-yillarga kelib, Escobar boshchiligidagi kontrabandachilar har oyda 70 tonnadan 80 tonnagacha kokainni Kolumbiyadan AQShga yetkazib bergan. Bu koʻrsatkich oʻsha paytda dunyodagi giyohvand moddalar ishlab chiqarishning 80 foizdan ortigʻini va Qoʻshma Shtatlardagi qora bozorning 60 foizini tashkil qilgandi. Escobar taxminan sakkiz milliard dollar boylik toʻplagan va Forbes maʼlumotlariga koʻra, tez orada dunyoning eng boy odamlardan biriga aylangan.
1982-yilgi Kolumbiya parlament saylovlarida Escobar cheksiz boyligini legallashtirish maqsadida, Liberal partiya nomidan Vakillar palatasining muqobil aʼzosi etib saylandi. Ushbu lavozimi orqali uylar va futbol maydonlari qurish kabi jamoat loyihalarini amalga oshirib, oʻzi tez-tez tashrif buyuradigan shaharlardagi mahalliy aholi orasida obroʻ-eʼtibor qozondi. Biroq, Escobarning siyosiy intilishlari Kolumbiya va AQSH hukumatlari tomonidan toʻsqinlikka uchradi. U doimo raqib kartellar bilan kurashishga majbur boʻldi. Bir nechta politsiya xodimlari, sudyalar, mahalliy aholi va taniqli siyosatchilarning oʻldirilishiga sabab boʻldi. Davlat organlari tomonidan muntazam ravishda uni hibsga olishga urinishlar boʻlgan, Escobar bunga javoban Avianca 203-reysidagi va DAS binosidagi portlashlarni uyushtirgan deb ishoniladi.
1989-yilda Escobar boshchiligidagi Medelin karteli hukumatga qarshi toʻlaqonli urush eʼlon qildi. Escobar oʻziga sodiq boʻlgan, liberal lider Luis Carlos Galán kabi Kolumbiya institutsionalligi uchun muhim hisoblangan shaxsni oʻldirgan. Mamlakatning yirik shaharlarida bir qancha terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga buyruq bergan, keng qamrovli qotillar armiyasini tashkil etgan va moliyalashtirgan. Amaldagi Kolumbiya hukumatini tiz choʻktirgan va 90-yillarning boshlarida dunyodagi eng xavfli jinoyatchilardan biri hisoblangan. Escobar 1989-yildan 1993-yilgacha 657 politsiyachining oʻldirilishi, Kali karteliga qarshi shiddatli toʻqnashuvlar, Magdalena Medio Antioquia hududidagi harbiylashtirilgan guruhlar toʻqnashuvlari va Los Pepes guruhi bilan shiddatli olishuvlar uchun javobgar edi.
1991-yilda Escobar hukumatga taslim boʻldi va koʻplab ayblovlar bilan besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Kolumbiya Prezidenti bilan ekstraditsiya qilinmaslik toʻgʻrisida shartnoma tuzdi. Shartnomaga koʻra, Escobar „La Cathedral“ deb nomlanuvchi shaxsiy qamoqxonasida hibsda oʻtirgan. 1992-yilda Escobar qamoqdan qochdi va uzoq vaqt yashirinib yurdi. 1993-yilda Escobar oʻz tugʻilgan shahrida Kolumbiya Milliy politsiyasi tomonidan 44 yoshga toʻlganidan bir kun oʻtib, oʻldirildi.
Kolumbiyada aholining yarmi Escobar shaxsini qoralasa, qolgan yarmi uni „Robin Hoodga oʻxshash“ shaxs sifatida koʻradi. Dafn marosimida 25000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Shaxsiy mulki Hacienda Napoles parkiga aylantirildi. Uning hayoti kino, televideniye va musiqada ilhom manbai hisoblanadi.
Biografiyasi
Hayotning boshlangʻich davri Pablo Emilio Escobar Gaviria 1949-yil 1-dekabrda Antioquia departamentining Rionegro yaqinidagi El Tablazo qishlogʻida tugʻilgan. U Paisa etnik kichik guruhiga mansub edi. Uning oilasi ispan millatiga mansub boʻlib, otasining asli kelib chiqishi italyan boʻlgan. Pablo oilada yetti farzandning ikkinchisi boʻlib, uning oilasi qashshoqlikda kun kechirgan. Otasi kichik fermer, onasi oʻqituvchi boʻlgan. Akasi – Roberto de Jesus, singlisi – Gloria Ines, ukasi – Argemiro, singillari – Alba Marina va Louise Mariahttps://www.caracoltv.com/alba-marina-escobar-la-consentida-del-capo-m%C3%A1s-1332-historia, ukasi Luis Fernando boʻlgan. Luis Fernando 19 yoshida oʻldirilgan.
Escobarning ona tomondan bobosi Roberto Gaviria Cobaleda XX asr boshlarida, viski noqonuniy boʻlgan bir paytda taniqli viski kontrabandachisi boʻlgan. U kolumbiyalik huquqshunos va siyosatchi José Obdulio Gavirianing bobosi ham hisoblanadi.
200px|thumb|Hacienda Nápolesdagi Escobar peshtaxtasithumb|Escobar oʻsgan va jinoiy faoliyatini boshlagan Medelin shahriAjdodlari va yaqin oila aʼzolari siyosatchilar, biznesmenlar, chorvadorlar va Antiokiya elitasining arboblari boʻlishgan. Oila aʼzolari orasida 1910-1914-yillarda Kolumbiya prezidenti boʻlgan Carlos Restreponing rafiqasi, xalqning birinchi xonimi Isabel Gaviria Duque ham bor. Pablo Escobarning choʻqintirgan otasi taniqli kolumbiyalik diplomat va ziyoli Joaquín Vallejo Arbeláez edi. Rionegro cherkovidagi yodgorlik toshida shunday deyilgan:
Bolaligi va yoshligi Onasining soʻzlariga koʻra, Pablo Escobar maktabning boshlangʻich sinflaridayoq shunqorlikni namoyon qila boshlagan. Oʻrta sinflarda uning sinfdoshlari ustidan yetakchilik xislati yaqqol namoyon boʻlgan. Amakivachchasi Gustavo Gaviria Rivero ikkalasi oʻqigan Lucrecio Jaramillo Velez oʻrta maktabida kichik „biznes“ bilan shugʻullanishgan. Lotereya oʻtkazishgan, imtihondagi savollarga javoblarini sotishgan va past foiz evaziga qarz berishgan. Shu tariqa Pablo Escobar oʻzining biznes va tijorat „qobiliyatini“ rivojlantira boshlagan.
Escobar oʻrta maktabni 1966-yilda, 17 yoshga toʻlishi arafasida tugatgan. Ikki yildan keyin amakivachchasi Gustavo Gaviria bilan qaytib kelgan. Oʻsha paytda Medelin koʻchalaridagi ogʻir hayot ularni bezorilarga aylantirdi. Bir yildan koʻproq vaqt oʻtgach, ikkalasi ham maktabni tashlab ketishdi, ammo Escobar taslim boʻlmadi. Pablo oʻrta maktab diplomini soxtalashtirib, Medelindagi Lotin Amerikasi avtonom universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga qabul qilindi. Bir qancha qarindoshlari ham shu oliygohda tahsil oldi. Moddiy yetishmovchilik tufayli Pablo oʻqishdan voz kechishga majbur boʻldi va oʻzini shaxsiy bizneslariga bagʻishlashni afzal koʻrdi. Oʻzining past boʻyi tufayli his qilgan va bu uni balandroq koʻrsatish uchun toʻpiqli maxsus poyabzal kiygan.
Jinoyat olamiga kirib kelishi
Boshlanish davri Escobar jinoiy faoliyatini oʻz guruhi bilan kichik firibgarlik, oʻgʻirlik va qabr toshlarini oʻgʻirlash, ularning yozuvlarini oʻchirib, qayta sotish bilan boshlagan. Kollejni tugatgandan soʻng, Escobar mashina oʻgʻirlash bilan shugʻullanadigan jinoiy guruhlarga qoʻshila boshladi. Tez orada qarzdor boʻlgan odamlarni oʻgʻirlash va qaytarishni talab qilish xizmatlari bilan shugʻullanuvchi jinoyatchilarni toʻdasini ishga yolladi. Uning eng mashhur qurboni biznesmen Diego Echavarria Misas edi: u oʻgʻirlab ketilgan va 1971-yilning yozida oʻldirilgan. Escobar Echavarria oilasidan 50 ming AQSh dollari olgan, uning toʻdasi bu oʻgʻirlik bilan mashhur boʻlgan. Escobar xuddi shu jarayonni narkobaron Fabio Restrepo bilan takrorlagan – 1975-yilda uni oʻgʻirlab, oʻldirgan.
Escobar keyinchalik Kolumbiyadagi kontrabanda qiroli Alfredo Gomes Lopez uchun ishlay boshladi. Tez orada Escobar Griselda Blanco homiyligida AQShga marixuana kontrabandasi orqali giyohvand moddalar savdosiga kirdi. Marixuana bumi tugagandan soʻng, Escobar Kolumbiya, Boliviya va Peruda kokain pastasini sotib olgan vositachi sifatida ishlay boshladi, keyinchalik uni AQShga olib borish uchun mas’ul boʻlgan sheriklari – aka-uka Ochoaga qayta sotdi.
Medelin karteli thumb|Giyohvand moddalar sotilishining xalqaro yoʻnalishlari alt=|thumb|Kokain kukuni 1970-yillarning oʻrtalarida Escobarning shiddat bilan boyishi Kolumbiya xavfsizlik xizmatining (qisqarmasi – DAS) eʼtiborini tortdi. 1976-yil may oyida Ekvadordan qaytgan Escobar hibsga olindi. DAS agentlari Escobar avtomashinasidan 39 kilogram kokain topishgan. Sudda Escobar birinchi sudyani oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi va sud jarayoni ikkinchi sudyaga pora berish orqali tugatildi, shu tufayli boshqa mahbuslar bilan birga ozod qilindi. Bir yildan soʻng, Escobarni hibsga olgan agentlar oʻldirildi. Escobar xuddi shu tarzda Kolumbiya huquq-tartibot idoralari xodimlariga pora berish va ularni qoʻrqitishda davom etdi. Kolumbiyadagi davlat amaldorlari va siyosiy nomzodlarga pora berish boʻyicha „pul yoki oʻlim“ degan maʼnoni anglatuvchi „kumush yoki qoʻrgʻoshin“ usuli boʻlib, bu usul pora taklifini rad etganlarni oʻldirishdan iborat edi. Medelin karteli va Kali karteli aʼzolari Kolumbiya siyosatchilariga pora berishga muvaffaq boʻlishdi. Konservativ va liberal partiyalar uchun kampaniya olib borishdi. Medelin karteli oʻzining „pul yoki oʻlim“ qonunini qotillarning katta armiyasi orqali jamiyatga tatbiq qilgan boʻlsa, Kali karteli siyosatchilar, jurnalistlar, politsiya zobitlari, armiya zobitlari, sudyalar va boshqalarga pora berishni afzal koʻrdi. Shunday qilib, Escobar va boshqa kolumbiyalik narkobaronlar Kolumbiya hukumatining har bir darajasida kurash olib borishdi, chunki ular moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlagan koʻplab siyosiy nomzodlar oxir-oqibat saylanishdi. Medelin karteli 1970-yillarning boshlarida tashkil etilgan boʻlsa-da, Escobar 1978-yil aprel oyida bir nechta narkobaronlar bilan uchrashganidan keyin kengaydi va 1978-yil oxiriga kelib ular AQShga taxminan 19 ming kilogramm kokain yetkazishdiDavison, Phil. „The Road to Italy: In the Shadow of the Drug Barons.“ The Independent 20 May 1990. Lexis-Nexis Academic. 8 Oct. 2009.
Mashhurlik sari yoʻl Koʻp oʻtmay, Qoʻshma Shtatlarda kokainga boʻlgan talab sezilarli darajada oshdi, bu Escobarning Janubiy Florida, Kaliforniya, Puerto-Riko va mamlakatning boshqa qismlarida koʻproq kontrabanda joʻnatmalari, yoʻnalishlari va tarqatish tarmoqlarini tashkil qilishiga olib keldi. U va kartel asoschilaridan biri Karlos Lehder Bagama orollarida, Florida sohilidan janubi-sharqda Normanʼs Cay deb nomlangan yangi yuk tashish punktini birgalikda barpo etishdi. Robert Vesco bilan birga oroldagi yerning katta qismini sotib oldi, unga aeroport, kemalar uchun port, mehmonxona, uylar, qayiqlar, kokainni saqlash uchun muzlatgichli ombor qurishgan. Pabloning akasi Roberto Escobar soʻzlariga koʻra, Normanʼs Cay orolini sotib olish gʻoyasi Lehderning tashabbusi boʻlgan. 1978-yildan 1982-yilgacha bu orol Medelin karteli uchun markaziy kontrabanda yoʻnalishi boʻlgan.
Escobar binolar, uylar, avtomobillar kabi turli mulklarga sarmoya kiritgan. Ulkan boyligi tufayli dunyo milliarderlari qatorida edi. Forbes maʼlumotlariga koʻra dunyoning yettinchi eng boy odami hisoblangan.
Siyosiy faoliyati thumb|Adliya vaziri Rodrigo Lara (oʻrtada) va prezidentlikka nomzod Luis Carlos Galán (chapda) Escobarning buyrugʻi bilan oʻldirilgan. thumb|Tranquilandia Medelin kartelining asosiy kokain ishlab chiqarish markazi edi. Unda 19 ta qayta ishlash laboratoriyasi, moʻl-koʻl toza suv (Yari daryosidan oquvchi), mustaqil elektr tizimi, yotoqxonalar va qoʻnish zonasi bor edi. Majmua 1984-yilda Milliy politsiya va DEA tomonidan vayron qilingan, qiymati 1,2 milliard dollarga teng 14 tonnaga yaqin giyohvand moddalar musodara qilingan.