Gilon () — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Rasht shahri. Aholisi soni — 2 480 000dan ziyod. Shimoldan Ozarbayjon Respublikasi, sharqdan Kaspiy dengizi, gʻarbdan Ardabil ustoni, janubdan Qazvin ustoni, janubi-sharqdan Mozandaronustoni hududi bilan chegaradosh.
Shahristonlari Gilon ustoni 13 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan: Astara Ostonayi Ashrafiyo Bandari-Anzali Foʻmon Hoshtpar Langarud Rasht Rudsar Rudbar Suvmi Saro Shaft Masal
Aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Gilon ustonida 2 480 874 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini gilaklar va tolishlar tashkil etadi. Ustonda shunigdek ozarbayjonlar, forslar, kurdlar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha.
Manbalar
Iran Provinces
Turkum:Eron ustonlari