Denge bezgagi ( soʻzining oʻzgargan varianti) — oʻtkir transmissiv virusli kasallik. Denge bezgagini keltirib chiqaruvchi viruslar arboviruslarga mansub boʻlib, urugʻining (B antigen guruhining arboviruslari) oilasiga mansub. Bezgak, intoksikatsiya, mialgiya, artralgiya, toshma toshishi va limfa tugunlarining kattalashishi bilan kechadi. Denge bezgagining ayrim variantlarida gemorragik sindrom rivojlanadi. Odatda kasallikdan tiklanish ikki kundan yetti kungacha davom etadi. Kam uchraydigan hollarda kasallik qon ketishi, trombotsitlar bosimininf pasayishi, qon plazmasi oqishi yoki denge shokini keltirib chiqaruvchi katta denge bezgagi yoki gemorragik denge bezgagiga aylanib ketishi mumkin. Bunda qon bosimi xavfli darajada pasayib ketadi. Tarqalishi 2021-yil mart oyida Peruda denge bezgagi tarqaldi, hukumat aholini kasallik yuqishining eng yuqori xavf darajasidan ogohlantirdi. 2021-yil boshidan buyon mamlakatda 12 000 kishi denge bezgagini yuqtirib olgani, ulardan 7 nafari kasallik oqibatida vafot etgani xabar qilindi. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Denge bezgagi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.