Mavlaviy Haybatulloh Oxundzoda () — afgʻon diniy va siyosiy arbobi, ilohiyotchi, 2016-yildan „Tolibon“ islomchilik harakatining yetakchisi. 2021-yil 15-avgustdan de-fakto Afgʻoniston davlat rahbari. Tarjimai holi Haybatulloh Oxundzoda 1961-yil 7-iyunda Afgʻoniston qirolligi Qandahor viloyati Panjvayi tumanida tugʻilgan. Pushtunlarning Nurzay qabilasiga mansub. Kambagʻal dindor oila farzandi. Otasi — mulla Muhammad Oxund oʻz qishlogʻida tanilgan ilohiyotchi va mahalliy masjidda imom boʻlgan. U faqatgina diniy faoliyat bilan shugʻullangan, oʻz yeriga ega boʻlmagan va oilasini zakot va sadaqaga tushgan pul hamda mevalar evaziga boqqan. Haybatulloh Oxundzoda ilk diniy taʼlimni oʻz otasidan olgan. Afgʻonistondagi 1979-yilgi urush vaqtida 18 yoshli Haybatulloh oilasi bilan Pokistonning Afgʻoniston bilan chegaragasi yaqin boʻlgan Kvetta shahriga borib yashaydi. U yerda diniy taʼlimni davom ettirib, natijada madrasalardan biriga boshliq boʻladi«Hibatullah’s Roots Were Non-Political And Reclusive» (29-may 2016-yil), Tolo News. Retrieved 12-aprel 2020-yil..
1980-yillarda Afgʻoniston demokratik respublikasiga kelib, u yerdagi mujohidlar safida shoʻro harbiylariga qarshi jang qiladi. 1994-yil endigina tuzilgan „Tolibon“ harakatiga qoʻshiladi.
Izohlar
Manbalar
Turkum:Haybatulloh Oxundzoda Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qandahor viloyati kishilari Turkum:21-asr afgʻon siyosatchilari Turkum:Pushtun millatchilari Turkum:Pushtunlar Turkum:Shariat qozilari Turkum:Pokistondagi afgʻonistonlik muhojirlar Turkum:Afgʻonistonning oliy rahbarlari Turkum:Tolibon yetakchilari Turkum:Totalitarizm Turkum:Xalqaro Jinoyat Sudi tomonidan qidirilayotgan qochqinlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar