Safiya Kaimovna Burxonova (tugʻ. 1989-yil 1-dekabr, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, yadro uloqtirishda bellashadi. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medali sohibasi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarini chempioni, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni.

Faoliyati Safiya Burxonova 2008-yilgi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida uchinchi oʻrinni egalladiAsian Junior Championships 2008 . World Junior Athletics History. Retrieved on 2014-02-18.. U oʻzining birinchi oʻn yetti metrlik zarbasini 2009-yilda urib, Oʻzbekiston milliy chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu muvaffaqiyat unga 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashish imkonini berdi va finalda yettinchi oʻrinni egalladiSofiya Burkhanova. Tilastopaja. Retrieved on 2014-02-18.. 2011-yilgi Safiya yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilgi Osiyo Gran-prisida u ketma-ket uchta gʻalabani qoʻlga kiritdiStrong winds hinder Asian Grand Prix finale in Chonburi. IAAF (2012-05-15). Retrieved on 2014-02-18.. Oʻsha yili Olmaotada (Qozogʻiston) musobaqada u oʻzining shaxsiy eng yaxshi koʻrsatkichini — 17,44 metrni qayd etdiSofiya Burkhanova. IAAF. Retrieved on 2014-02-18.. 2013-yilgi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida yadro uloqtirish boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi.

2014-yilgi yopiq inshootlardagi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida ilk qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi, bunda uning 16,80 metrga zarbasi gʻalaba qozonish uchun yetarli boʻldi6th Asian Indoor Championships . Tilastopaja. Retrieved on 2014-02-17..

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Safiya yadro uloqtirishda (F12 toifasi) kumush medalni qoʻlga kiritdi. Toʻrt yildan soʻng Safiya Burxonova Tokioda Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Safiyaga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni berildi. Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2024-yil)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:1-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik kumush medal sohiblari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar