|} Boburjon Zoirjon oʻgʻli Omonov (tugʻ. 2000-yil 11-oktyabr, Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, yadro uloqtirish boʻyicha F41 toifasida ixtisoslashgan. Para-Osiyo oʻyinlari, Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionati hamda Tokio va Parij Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi.

Faoliyati 2016-yildan murabbiy Mavlon Haydarov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshladi. 2017-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻldi. 2019-yilda Dubayda (BAA) oʻtkazilgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) yadro uloqtirishda 14,31 metr natija bilan oltin medal va Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi.

2021-yilda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi, Boburjon Omonov 14,06 metr natija bilan Paralimpiya rekordini yangiladi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Omonovni Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirladi.

Boburjon Omonov 2023-yil iyulda Parijda (Fransiya) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha 14 m 73 sm natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va shu tariqa jahon chempionati rekordini yangiladi hamda 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

Oʻsha yilning oktabr oyida Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarining F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha Boburjon Omonov 13,14 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u ushbu fan boʻyicha Paraosiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatdi. Boburjon Omonov 2024-yilgi Parij Paralimpiya oʻyinlarida 14.32 metr natija qayd etib, ikki karra paraolimpiya chempioniga aylandi.

Eʼtiborlisi, 23 yoshli sportchi Tokioda oʻzi oʻrnatgan rekordini yangiladi.

Mukofotlari

2021-yilda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 2024-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni berilgan

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari