Ibrahim Tatlises (asl ismi Ibrahim Tatli, 1952-yilda tugʻilgan) — turkiyalik qoʻshiqchi va sobiq aktyor. 1970-yillardan beri u Arabesk pop uslubidagi eng taniqli va eng muvaffaqiyatli qoʻshiqchilardan biri hisoblanadi. Tatlıses faoliyati davomida 42 ta albom yozgan, jumladan Ayagunda Kundura va Selam Olsun kabi albomlar va juda mashhur " Ibo Show " teledasturining boshlovchisi boʻlgan. Aktyor sifatida bir qancha filmlarda rollar ijro etgan. Shunigdek tadbirkorlikda koʻplab yirik biznes loyihalarda ishtirok etgan.
Hayoti
Dastlabki yillar Asli kelib chiqishi arab va kurdlardan hisoblanadigan https://www.dailysabah.com/portrait/2015/10/03/ibrahim-tatlises-emperor}} Ibrohim Tatli Turkiyaning Urfa shahrida tugʻilgan. Uning ona tili kurd tilidir. Bolaligida otasidan ayrilgan Tatlises oʻrta maktabga bormagan. U ulgʻayganda ham oʻqish va yozishni bilmas edi.
Musiqiy martaba Ibrohim Tatlises koʻpincha Turkiyaning eng taniqli qoʻshiqchilaridan biri sifatida koʻriladi. Shu qadar mashhurki, Turkiyada unga „Ibo“ va „Imperator“ laqablari berilgan. Ilk marotaba 1970-yilda, 18 yoshida " Kara Qiz/Beni Yakma Gel Güzelim " nomli birinchi albomini taqdim etgan. 1976-yilda birinchi produseri bilan uchrashgunga qadar u kasetlar sotgan va restoranlarda kuylagan. Keyingi yili uning Ayagida Kundura, İndim Gülüm Bağına va Qizil Kurdele kabi qoʻshiqlarini oʻz ichiga olgan „Ayagʻida Kundura“ albomi turk yoshlari orasida mashxurlikka erishdi va unga olamshumul shuhrat olib keldi. Uning oldingi baʼzi qoʻshiqlari kurd tilida yozilgan va keyinchalik turk tiliga tarjima qilingan. Tatlisesning 1983-yilgi Yalan albomi, 1985-yilgi Mavi Mavi va 1987-yilgi " Alloh Alloh " kabi xit albomlari birin-ketin paydo boʻldi. U 1970-yildan 2014-yilgacha jami 42 ta albom yozgan.
Kino va televideniye Ibrahim Tatlises 1978-yilda Sabuha bilan boshlangan jami 37 ta filmda suratga tushgan. U 1980 va 1990-yillarda koʻplab filmlarda rol ijro etdi va Turkiyadagi eng mashhur qoʻshiqchi va taniqli aktyor sifatida oʻzining shuhratini yanada mustahkamladi. Tatlıses kino sanoatidan tashqari, 1993-yildan 2011-yilgacha namoyish etilgan, tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan juda muvaffaqiyatli " Ibo Show " ga boshlovchilik qildi. Bu Turkiyada eng koʻp koʻrilgan shoulardan biri edi.
Nikohlar Tatlises Urfada yashagn vaqtida birinchi xotini Adalet Sara bilan turmush qurdi. Er-xotinning Ahmet Salim ismli oʻgʻli va Gulshen Sara va Gulden Ferrah ismli ikki qizi bor edi. 1979-yilda u Kara Yazma filmidagi hamkasbi Perihan Savaş bilan munosabatlarni boshladi. Savas bilan turmushidan Melek Zübeyde ismli qizi bor. Savaş va Tatlises keyinroq ajrashishdi. Biroz vaqtdan keyin Kunah filmidagi hamkasbi Derya Tuna bilan turmush qurdi. Ularning bu munosabatlaridan İbrahim „İdo“ Tatlises ismli oʻgʻli bor. Keyinchalik juftil ajrashdi.
Tatlises Germaniyadan qaytgach, 2011-yil 27-sentabrda davolanayotgan reabilitatsiya muassasasida Ayshegul Yildizga turmushga chiqdihttp://www.hurriyet.com.tr/magazin/magazinhatti/18844031.asp|title=İbrahim. Nikoh marosimini Shishli shahri hokimi Mustafo Sarıgul boshqargan, Fotih Terim esa guvoh boʻlganhttp://magazin.milliyet.com.tr/ibo-dan-surpriz-nikah/magazin/magazindetay/27.09.2011/1443829/default.htm?ver=33}}. Birgalikda er-xotinning Elif Ada ismli qizi bor edihttp://www.gazetevatan.com/tatlises-in-buyuk-aski-609490-magazin/}}. Ular 2013-yilning noyabrida ajrashishdi http://www.hurriyet.com.tr/kelebek/televizyon/ibrahim-tatlises-ile-eski-esi-aysegul-yildiz-baristi-mi-aysegul-yildiz-kimdir-41013471}}
Ishil Chitak ismli ayol bilan munosabatlaridan Tatlisesning 1989-yilda tugʻilgan Dilan Chitak ismli qizi bor edi. Tatlises 2013-yilda uni farzandi deb tan oldi va oilasiga qabul qildihttps://www.hurriyet.com.tr/kelebek/keyif/dilan-citak-ve-hayat-hik-yesi-27107130}}.
2021-yilda esa u oʻzidan 43 yosh kichik Gulchin Karakaya bilan munosabati haqida eʼlon qildihttps://www.sabah.com.tr/galeri/magazin/ibrahim-tatlises-43-yas-kucuk-sevgilisi-gulcin-karakaya-ile-resmi-nikah-kiydi-mi-ibrahim-tatlises-geri-adim-atti}}.
Suiqasd urinishlari Tatlisesga uch marotaba suiqasd uyushtirilgan. 1990-yilda uning oyogʻiga oʻq uzilgan. 1998-yilda esa u yana bir suiqasddan omon qolgan.
2011-yil 14-martda u yana bir hujumga uchradi va boshidan ogʻir yaralandihttp://www.ntvmsnbc.com/id/25192018/. Mahalliy vaqt bilan soat 00:30 da u matbuot kotibi Buket Chakiji bilan haftalik telekoʻrsatuvida ishtirok etadi. Tasvirga olish tugagandan soʻng Turkiyaning xususiy telekanali Beyaz TV ofisidan chiqib avtomobilda oʻtirganlarida ularga qarata oʻq uzilgan. Bitta oʻq Tatlisesning bosh suyagining orqa qismidan kirib, old tomondan chiqib ketgan. Chakiji esa boʻynidan yaralangan, ammo ikkovi ham omon qoldi. Jinoyatchilar Kalashnikov avtomatlarini koʻtarib, qora rangdagi mashinada qochib ketishgan. Tatlises va Chakiji zudlik bilan tez tibbiy yordam mashinasida Istanbuldagi Acıbadem kasalxonasiga olib ketilgan=http://www.internethaber.com/iste-ibrahim-tatlisesin-son-durumu-334455h.htm. Bosh suyagidahi oʻq parchasini olib tashlash uchun toʻrt soatlik operatsiya oʻtkaziladi, operatsiyadan soʻng uning ahvoli barqarorlashdi. Besh kundan keyin u hushiga keladi. Bir hafta oʻtgach, shifokorlar uning tuzalib ketganini eʼlon qilishdi. Oʻsha vaqtdagi Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdoʻgʻan ham uni sogʻayib borayotganini ham maʼlum qildi. Turkiya politsiyasi hujumga aloqador 20 ga yaqin kishini hibsga oldi. 7-aprel kuni Tatlises politsiya hamrohligida Acıbadem kasalxonasini tark etdi va Otaturk xalqaro aeroportiga joʻnadi va u yerda Murnau travma klinikasida intensiv reabilitatsiya olish uchun Germaniyaga Sogʻliqni saqlash vazirligining Hawker 900XP havo tez yordam samolyotiga oʻtirdi va Germaniyaga joʻnab ketdi.
Biznes Tatlıses Iroqdagi biznes sherigi Ali Sariildiz bilan restoran va turizm biznesida, shuningdek, qurilish loyihalarida ishtirok etgan.
Kurd muammosi 1980-yillarda Turkiya hukumati Turkiyada kurd tilidan foydalanishni taqiqlagan edi. 1986-yil dekabr oyida Shvetsiyadagi kontsertida u kurd tilida xalq qoʻshiqlarini kuylagan va shu sababli separatistik targʻibot uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ammo 1987-yilda aybsiz deb topilgan. 1988-yili Ushakdagi madaniy festivalda tadbirkor Mehmet Yilmaz undan kurd xalq qoʻshigʻini kuylab berishini soʻragan. Tatllises esa „Men kurdman, lekin qonunlar kurd tilida kuylashimni taqiqlaydi“, deb rad javobini berganhttps://books.google.com/books?id=Zc0MAQAAMAAJ|year=1989|publisher=Cultural. Bu uchun unga 1988-yil 19-sentabrda ayblov eʼlon qilindi
1994-yilda turk kontr-partizan tashkilotlari kurd ishbilarmonlarini, jumladan Tatlises, Idris Ozbir, Xalis Toprak va Nejdet Ulujanni nishonga olgani haqida xabarlar tarqaldi..
Turkiya hukumati 1998-yildagi qurolli mojaro paytida Tetlisesga hukumat va Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) oʻrtasida vositachi boʻlishni taklif qilgan.
Diskografiya 1970: Kara Kız/Beni Yakma Gel Güzelim 1974: Sevdim de Sevilmedim 1976: Ashab Gecesi 1976: Urfa Emektaroğlu Bant Stüdyosu 1975: Ayağında Kundura 1977: Can Hatice 1977: Huzurum Kalmadı 1978: Doldur Kardeş İçelim 1979: Toprağın Oğlu Sabuha 1980: Bir Mumdur 1980: Ceylan 1981: Gelme İstemem 1981: Gülmemiz Gerek 1982: Yaşamak Bu Değil 1983: Yalan 1984: Benim Hayatım 1985: Mavi Mavi 1986: Gülüm Benim/Gülümse Biraz 1987: Allah Allah/Hülya 1988: Kara Zindan 1988: Fosforlu Cevriyem 1989: İnsanlar 1990: Söylim mi? 1991: Vur Gitsin Beni/Yemin Ettim 1992: Ah Keşkem 1993: Mega Aşk 1994: Haydi Söyle 1995: Klasikleri 1996: Bende İsterem 1996: Türkü Dinle,Söyle,Oyna 1998: At Gitsin 1999: Selam Olsun 2001: Yetmez Mi? 2003: Tek Tek 2004: Aramam 2005: Sizler İçin 2006: İmparator Siler de Geçer 2007: Bulamadım 2008: Neden? 2009: Yağmurla Gelen Kadın 2011: Hani Gelecektin 2014: Tatlıses Klasiği 2018: Yaylalar 2021: Gelmesin
Filmografiya Aktyor 1978: Sabuha 1978: Ayağında Kundura 1978: Toprağın Oğlu 1979: Kara Yazma 1979: Kara Çadırın Kızı 1979: Fadile 1980: Çile 1980: Ayrılık Kolay Değil 1981: Seni Yakacaklar 1981: Yaşamak Bu Değil 1981: Tövbe 1982: Yalan 1982: Alişan 1982: Nasıl İsyan Etmem 1983: Yorgun 1983: Günah 1983: Futboliye 1984: Sevdalandım 1984: Ayşem 1985: Mavi Mavi 1985: Sevmek 1985: Yalnızım 1986: Gülümse Biraz 1986: Yıkılmışım Ben 1986: Sarhoş 1987: Gülüm Benim 1987: Allah Allah 1987: Dertli Dertli 1988: Hülya 1988: Aşıksın 1988: Bir Kulum İşte 1988: Kara Zindan 1988: Ben İnsan Değil Miyim 1989: Ceylan 1989: Fosforlu 1992: Aşık Oldum 1993: Tetikçi Kemal 1997: Fırat (mini TV Serial) 2003: Hayat Bilgisi (TV Serial) 2009: Hicran Yarası
Rejissor 1982: Yalan 1983: Yorgun 1983: Günah 1984: Ayşem 1986: Sarhoş 1986: Gülümse Biraz 1986: Gülüm Benim 1987: Dertli Dertli 1988: Hülya 1988: Aşıksın 1997: Fırat (mini TV Serial) 2003: Hayat Bilgisi Konuk Oyuncu (TV mini serial) 2009: Hicran Yarasi 5 Bolum Konuk Oyuncu
Yozuvchi 1983: Günah 1998: At Gitsin 1999: Selam Olsun 2001: Yetmez Mi?
Produser 1982: Yalan
Manbalar
Havolalar
Harem Ft. Ibrahim Tatlises — Kop Gel Günahlaridan — (Official Video)
http://www.hurriyet.com.tr/ibrahim-tatlises-kimdir-biyografisi-40078655
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:Turk qoʻshiqchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar