Masha va ayiq () yoki Qizaloq va maymoq — „Animakkord“ animatsion studiyasi tomonidan yaratilgan, keng ommaga moʻljallangan rus animatsion seriali. Multserial efirga uzatilishi 2009-yil 7-yanvarda boshlangan. Multfilm 3D grafika yordamida yaratilgan.
„Karusel“, „Mult“, „Super“ va boshqa telekanallarda efirga uzatiladi.
2011-yilda rus xalq va boshqa ertaklarga asoslangan 26 qismdan iborat „Mashaning ertaklari“ () deb nomlangan birinchi spin-off chiqdi. 2014-yilda „Mashaning qoʻrqinchli hikoyalari“ () deb nomlangan ikkinchi spin-off chiqdi.
2019-yil 31-may kuni 4-mavsum „Mashaning qoʻshiqlari“ () nomi bilan boshlandi.
5-mavsum 4K formatida 2020-yil 30-iyulda boshlangan.
2021-yil 16-iyun kuni „Animakkord“ studiyasi vakillari 2025-yilgacha Masha va Ayiqning sarguzashtlari haqida toʻliq metrajli animatsion filmni chiqarish niyatida ekanliklarini eʼlon qilishdi.
Mazmuni Qizaloq Masha tasodifan oʻz uyidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda yashovchi Ayiqning uyiga borib qoladi va u yerni tartibsiz holga keltiradi. „Bosqinchi“ning xatti-harakatlaridan dahshatga tushgan ayiq uni oʻrmonga olib borib, undan qutulishga harakat qiladi. Kech tushishi bilan u Mashadan tashvishlana boshlaydi va uni topish uchun oʻrmonga boradi, lekin uni topa olmay, uyiga qaytib keladi va uni oʻsha yerdan topadi. Oʻshandan beri Masha va Ayiq ajralmas doʻst boʻlib qolishdi. Masha tez-tez ayiqni „ziyorat qilish“ uchun keladi, doimo hazillar va tartibsizlik qiladi, Ayiq esa uni tarbiyalashga harakat qiladi.
Uchinchi mavsumdan boshlab Masha ancha ulgʻayadi va masʼuliyati oshadi. Endi u ayiqning uyiga kamroq boradi, oʻzining uyida koʻproq vaqt oʻtkazadi. Oʻrmon aholisi tez-tez turli xil muammolarga duch kela boshlaydilar va Masha ulardan xalos boʻlishga yordam beradi „Nikto Mashu nasilno vzroslit ne sobiraetsya“.
Toʻrtinchi mavsumda Masha turli mamlakatlar (Italiya, Germaniya, Fransiya, Angliya, Yaponiya, Braziliya va boshqalar)ga sayohat qiladi va har bir mamlakatning mashhur milliy kuylari asosida qoʻshiqlar kuylaydiPervuyu seriyu novogo sezona „Mashi i Medvedya“ posvyatyat ItaliiMasha i Medved — Pesenka pro Italiyu 🇮🇹 Tam vse lyubyat pet! 🍕(Seriya 1).
Beshinchi mavsumda Masha yanada sergʻayrat boʻlib, Ayiq uchun koʻp tashvishlar keltiradi. Har doimgidek, ular yana kelishib ketishadiPremernie serii pyatogo sezona „Mashi i Medvedya“ poyavilis v Seti.
Qahramonlar Masha Ayiq
Manbalar
Turkum:2000-yillar teleseriallari Turkum:2010-yillar teleseriallari Turkum:2020-yillar teleseriallari Turkum:Rossiya teleseriallari Turkum:2000-yillar animatsion teleseriallari Turkum:2010-yillar animatsion teleseriallari Turkum:2020-yillar animatsion teleseriallari Turkum:Rossiya animatsion teleseriallari