Google Wallet (, oʻzbekcha: Google Hamyon) — Google tomonidan ishlab chiqilgan va 2011-yil 26-mayda ishga tushirilgan elektron toʻlov tizimi. U Android operatsion tizimida ishlaydi va NFC texnologiyasiga ega smartfonlar bilan ishlash uchun moʻljallangan. Google Wallet xaridlar uchun telefon orqali toʻlash imkonini beradi.
Taqdimoti Google ilovani 2011-yil 26-maydagi matbuot anjumanida taqdim etdi. Ilova 2011-yil 19-sentabrda chiqarilgan. Dastlabki bahs-munozaralar Google Wallet paydo boʻlgandan soʻng muammolar markazida boʻldi. PayPalga egalik qiluvchi eBay Googleni tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybladi. Rivojlanishi va birlashtirilishi Android Pay’ning ishga tushirilishi 2015-yil sentyabrida Google oʻzining Android Pay toʻlov xizmatini ishga tushirdi . Tizim foydalanuvchining kredit va debet kartalari maʼlumotlarini saqlaydi, ulardan ham real, ham virtual doʻkonlarda foydalanish mumkinGoogle AQShda Android Pay toʻlov tizimini ishga tushirdi | Forbes.ru. Google Pay’ning eʼlon qilinishi 2018-yil yanvar oyida Pali Bhat Google blogida Google Pay xizmati ishga tushirilganini eʼlon qildi. Yangi toʻlov tizimi kompaniyaning boshqa xizmatlari – Android Pay va Google Wallet oʻrnini egalladi, shu bilan birga funksional oʻzgarishlar boʻlmadi. Google Pay yordamida foydalanuvchilar xarid qilishda „osonroq va xavfsizroq“ boʻladi. Toʻlov maʼlumotlari barcha Google mahsulotlari, jumladan, Chrome brauzeri, YouTube, Android Ilovalarida mavjud boʻladi va toʻlov maʼlumotlari Google hisoblarida saqlanadi. Xizmatlarning birlashtirilishi 2018-yil 20-fevraldan boshlab Google xizmatlari butun dunyo boʻylab Wallet va Android Pay’ni Google Pay bozorida yagona ilova ostida birlashtirish bilan yangilandi.
Manbalar
Havolalar Google Wallet
Turkum:Yopiq xizmatlar Google Turkum:Android uchun dasturiy taʻminot Turkum:Dastur Turkum:Informatika Turkum:Xizmatlar