thumb|Andre Drummond, 2014 Detroit Pistons — NBA Sharqiy konferensiyasining markaziy divizionidagi professional basketbol jamoasi.

1941-yilda Indiana shtatining Fort Ueyn shahrida Fort Ueyn (Zollner) Pistons sifatida tashkil etilgan klub 1948-yilda NBAga qoʻshilishdan oldin Milliy Basketbol Ligasida (NBL) oʻynagan. 1957-yilda jamoa Michigan shtatining Detroit shahriga koʻchib oʻtdi. 2017/18-yilgi mavsumdan boshlab ular uy oʻyinlarini Little Caesars Arenada oʻtkazishdi.

Pistons besh marta chempionlikni qoʻlga kiritgan: 2 marta NBL va 3 marta NBAda, oxirgi marta 2004-yilda chempion boʻlgan. Jamoa tarixidagi eng esda qolarli sahifalardan biri „Yomon bolalar davri“ deb ataladi: 1986-yildan 1990-yilgacha boʻlgan davrda jismoniy va tajovuzkor oʻyin uslubi tufayli Pistons NBAda ustunlik qilishdi va ikkita gʻalaba qozonishdi.

Muxlislarning yaxshi qoʻllab-quvvatlashiga qaramay, kichik shaharchada katta rentabellikka erishish qiyin edi. 1957-yilda Zollner jamoani Fort Ueyndan 150 km uzoqlikda joylashgan Detroytga koʻchirishga qaror qildi. Detroyt ancha katta shahar edi va oʻn yildan ortiq basketbol klubiga ega emas edi: 1947-yilda NBL vakili Detroyt Jeyms Minneapolisga (hozirgi Los Anjeles Lakers) koʻchib oʻtdi bu vaqtda ABAning Detroit Falcons jamoasi bankrot boʻldi. Detroytga koʻchib oʻtishning sababi, Zollner mahsulotlarining aksariyati ushbu shaharning avtomobil kompaniyalariga yetib kelardi. Jamoa nomi yangi shaharga juda mos kelgani uchun uni oʻzgartirmaslikka qaror qilishdi. Dastlabki toʻrt mavsumda klub uy uchrashuvlarini „Olimpiya“ stadionida (oʻsha paytda Detroyt Red Vingsning uyi) oʻtkazdi. 1950-yillar oxirida jamoa tarkibiga Jin Shue, Dik MakGuayr va NBA tarixida birinchi boʻlib bir mavsumda 2000 dan ortiq ochko toʻplagan Jorj Yardli kabi sportchilar kiritilgan.

Jamoa tarixi Klub Indiana shtatining Fort Ueyn shahrida joylashgan boʻlib, Fort Ueyn Zollner Pistons deb nomlangan. Jamoa avtomobillar, yuk mashinalari va poyezdlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi Zollner korporatsiyasi asoschisi Fred Zollnerga tegishli edi. U Milliy Basketbol Ligasida oʻynadi, ketma-ket uch marta Butunjahon professional basketbol turnirida gʻolib chiqdi. Uy oʻyinlarini oʻrta maktab sport zalida oʻtkazgan. 1948-yilda klub Fort Ueyn Pistons deb oʻzgartirildi va boshqa uchta NBL jamoasi bilan birga Amerika Basketbol Assotsiatsiyasiga koʻchib oʻtdi. Fred Zollner NBL va BAAning birlashishida va 1949-yilda BAA va NBLdan yangi Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining shakllanishida katta rol oʻynadi. Oʻsha yildan boshlab „Pistons“ yangi tashkil etilgan ligada oʻynay boshladi

1953-54 va 1954-55 mavsumlarida Pistons oʻyinchilari koʻp holatlarda kelishilgan oʻyinlarda gumon qilinardi. Xususan, 1955-yil yakuniy oʻyinda Pistons Syracuse Nationalsga magʻlub boʻlgandiThe Wizard of Odds: How Jack Molinas Almost Destroyed the Game of Basketball. By Charley Rosen. p. 154. 2001 Seven Stories Press. ISBN 1583222685 7-hal qiluvchi oʻyinda Detroits ikkinchi chorak boshida 41-24 hisobida oldinda bordi, ammo oʻyin oxirida magʻlub boʻldi"Syracuse Five Defeats Pistons in N.B.A. Play-Off Final, 92-91," The New York Times, April 11, 1955, p. 31.

Basketbol shon-shuhrat zali aʼzolari Naismith Memorial Basketball Hall of Fame aʼzolariOʻyinchilar No. Ismi Pozitsiyasi Faoliyati Aʼzo boʻlgan yili No. Ismi Pozitsiyasi Faoliyati Aʼzo boʻlgan yili 14 Andy Phillip G/F 1952-1956 1961 22 Dave DeBusschere F 1962-1968 1983 17 Bob Houbregs C/F 1954-1958 1987 20 Bobby McDermott G 1941-1946 1988 21 Dave Bing G 1966-1975 1990 11 Harry Gallatin F/C 1957-1958 1991 16 Bob Lanier C 1970-1980 1992 8 Walt Bellamy 1 C 1968-1970 1993 15 Dick McGuire G 1957-1960 1993 26 Buddy Jeannette G 1943-1946 1994 12 George Yardley F/G 1953-1959 1996 18 Bailey Howell F 1959-1964 1997 11 Bob McAdoo F/C 1979-1981 2000 11 Isiah Thomas G 1981-1994 2000 4 Joe Dumars G 1985-1999 2006 45 Adrian Dantley F 1986-1989 2008 10 Dennis Rodman F 1986-1993 2011 24 Nathaniel Clifton C/F 1956-1957 2014 1 Allen Iverson G 2008-2009 2016 1 Tracy McGrady G/F 2010-2011 2017 33 Grant Hill F 1994-2000 2018 6 Chuck Cooper F/G 1956 2019 36 Ben Wallace C 2000-20062009-2012 2021 84 Chris Webber F 2007 2021Murabbiylar Ismi Pozitsiyasi Faoliyati Aʼzo boʻlgan yili Ismi Pozitsiyasi Faoliyati Aʼzo boʻlgan yili 2 Chuck Daly Head coach 1983-1992 1994 Larry Brown Head coach 2003-2005 2002Homiylar Ismi Pozitsiyasi Faoliyati Aʼzo boʻlgan yili colspan="2" | Ismi Pozitsiyasi Faoliyati Aʼzo boʻlgan yiliFred Zollner Founder/Owner 1941-1974 1999 17 Earl Lloyd 3 F 1958-1960 2003Bill Davidson Owner 1974-2009 2008 Dick Vitale 4 Head coach 1978-1979 2008 10 Rod Thorn G 1964-1965 2018

Manbalar