Aziz Sancar (, 1946-yil 8-sentyabr, Savur, Mardin, Turkiya) — turk olimi hamda amerikalik biokimyogar. 2015-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofotini Tomas Lindal va Pol Modrich bilan birga „DNKni taʼmirlash mexanizmlari boʻyicha tadqiqotlari“ uchun qoʻlga kiritganNobelevskaya premiya po ximii prisujdena za pochinku DNK // Lenta. Ru, 7 oktabrya 2015.

AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (2005)Aziz Sancar .

Tarjimai holi U kambagʻal oilada sakkiz farzandning yettinchisi boʻlib tugʻilgan (ota-onasi maʼlumotsiz edi, lekin barcha bolalar oʻqigan)Nick Zagorski „Profile of Aziz Sancar“ (ONAS). Uning katta akasi Kenan Sanjar Turkiya qurolli kuchlarining nafaqadagi brigada generali, amakivachchasi Mithat Sanjar esa turkiyalik huquq professori va kurdparast Xalq demokratik partiyasi deputati.

Istanbul universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1969). 1971-yilda AQShga koʻchib oʻtdiAziz Sancar: biographical sketch. Dallasdagi Texas universitetida molekulyar biologiya boʻyicha magistratura va aspiranturani tamomlagan (MS, 1975; Ph. D., 1977). 1977—1982-yillarda Yel universitetida postdoktor ilmiy xodim bo‘lgan. 1982-yildan — Shimoliy Karolinadagi Chapel Hill universitetida (1988-yildan professor) faoliyat olib borgan.

Xotini: biokimyogar Gven Sancar (Boulz, ) ham Dallasdagi Texas universiteti bitiruvchisi va Chapel Xilldagi Shimoliy Karolina universiteti professoriCurriculum Vitae (1985): Gwendolyn B. SancarAmerican Chemical Society: Gwendolyn Boles Sancar (Arxivirovano 08.10.18)Erma Boles Obituary.

2018-yilda Aziz Sanjar Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Mukofotlari

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Faxriy diplomi (2021-yil 10-sentyabr) — Ozarbayjon Respublikasining xalqaro gumanitar aloqalarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchunRasporyajenie Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki O nagrajdenii A. Sandjara „Pochyotnim diplomom Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki“. Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti (2015).

Manbalar

Havolalar

Nobel qoʻmitasi veb-saytida maʼlumot )

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1946-yilda tugʻilganlarTurkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari Turkum:8-sentyabrda tugʻilganlar