Svetlana Valerevna Osipova (2000-yil 3-may, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2017-yilda Yopiq maydonlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda u Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medalini, 2019-yilda u Butunjahon harbiy oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medal sohibi.
Hayoti Svetlana Osipova 2000-yilning 3-mayida Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida tugʻilgan. 2019-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Sportdagi faoliyati Svetlana Osipova 2016 yildan buyon taekwondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakili. Birinchi murabbiyi Pahlavon Sobirov. Hozirda Pavel Xan qoʻl ostida mashgʻulotlar olib boradi.
2017-yilda Ashxobodda (Turkmaniston) oʻtkazilgan Yopiq maydonlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. U 73 kg gacha vazn toifasida finalda janubiy koreyalik sportchi Myung Minaga magʻlub boʻlib, kumush medal sohibasi boʻldi.
Yana 2018-yilda Svetlana Osipopova „French Open“ xalqaro turnirida yarim finalda fransuz sportchisi Solena Avoulettega imkoniyatni boy berib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u Jakartadagi (Indoneziya) 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida janubiy koreyalik sportchi Kim Bich-Naga yutqazib,67 kg dan ortiq vazn toifasida jang olib bordi va u bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Yana u 2019-yilda Uxanda (Xitoy) oʻtkazilgan Butunjahon harbiy oʻyinlarida 78 kg dan ortiq vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻldi.
2021-yilda Ammanda (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo qitʼasi sportchilari oʻrtasidagi Lisenzion tayekvondo turnirida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olishga muvaffaq boʻldi.
2021-yil Tokiodagi (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 67 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ishtirok etadi.1/8 finalda u qozogʻistonlik tayekvondochi Jansel Deniz bilan toʻqnashib,9:10 hisobida ustunlikni boy beradi.
2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari Svetlana Osipova 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Kot D’ivuar vakili Astan Batilini magʻlubiyatga uchratdi. Nimchorak finalda Buyuk Britaniya vakili Rebecca Mcgowanga qarshi dayanga chiqadi. Kurashda 2:0 hisobida Osipova gʻalaba qozondi va yarim finalga yoʻl oldi. Osipovaning yarim finaldagi raqibi Janubiy Koreya vakili Li Da-Bin boʻldi. Bin 2:0 hisobida yutqazib qoʻydi va Osipova finalga yoʻl oldi. Osipova finalda Fransiya vakili Alteya Loren bilan kuch sinashadi. Finalda fransiyalik taekwondochidan yengildi va kumush medal sohibi boʻldi. Unvon va mukofotlari 2024-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni berilgan. Leytenant harbiy unvoni (2024-yil) Toʻmaris koʻkrak nishoni (2024-yil).
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston taekvondochilari Turkum:Yashayotgan insonlar
Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi taekvondochilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohiblari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi taekvondochilar Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:2018-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari Turkum:Osiyo oʻyinlarida taekvondo boʻyicha sovrindorlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol taekvondochilar