Andrey Vitalyevich Fyodorov (1971-yil 10-aprelda tugʻilgan, Margʻilon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, hozir murabbiy. Oʻzbekiston terma jamoasida ham oʻynagan (1994—2006).

Hayoti Andrey Fyodorov futbolchilik faoliyatini SSSR chempionati 2-ligasida oʻynagan Qoʻqonning „Avtomobilchi“ klubida boshlagan.

1992-yilda futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionati boshlanishi bilan Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtib, jamoada 4 mavsum oʻynagan.

1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.

1996-yilda Moskvaning „SSKA“ klubi bilan shartnoma imzolaydi, biroq maydonda hakamni urgani uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 2 yilga diskvalifikatsiya qilinadi. Hodisa 1995-yil sentabr oyida „Yelimay“ klubiga qarshi Osiyo chempionlar kubogi oʻyini yakunlanganidan soʻng sodir boʻlgan, Fyodorov tojikistonlik hakam Vladimir Domladjanovni urib yuborgan. Cheklov tufayli futbolchi „SSKA“ klubida oʻynay olmagan. Keyinchalik diskvalifikatsiya muddati 12 oyga qisqartirilgan.

Shundan soʻng Andrey 2000-yilda Qozonning „Rubin“ klubiga taklif qilinadi. U klub safida 127 ta oʻyin oʻtkazib, 15ta gol urgan.

2008-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, „Rubin“ klubining sellektsiya boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi. 2012—2013-yillarda „Rubin“ klubi oʻrinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

2014-yilning yozida Fargʻonaga qaytib, „Neftchi“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilgan va 2015-yilning avgust oyida klub bosh murabbiyi etib tayinlanganAndrey Fyodorov: Fergana moy gorod, „Neftchi“ moya komanda!Ni odnogo gola tryox klubov Kashkadari.

2018-yil aprel oyida „Neftchi“ klubini tark etgach, oʻsha yilgi Oʻzbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning „Lokomotiv“ klubi murabbiyi Andrey Miklyayev isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadiAndrey Miklyaev pokinul post glavnogo trenera „Lokomotiva“.

Andrey Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 64 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2007-yilgi Osiyo kubogi oldidan terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qilganFyodorov pokidaet sbornuyu Uzbekistana "Sport-Ekspress"-Novosti, 21-iyunya 2007 goda.

Klublardagi faoliyati Klublar MavsumKlub DavlatLigaOʻyinlarGollar1989Avtomobilchi Qoʻqon2801990 Avtomobilchi Qoʻqon2001991Avtomobilchi Qoʻqon23621992Neftchi Fargʻona1??1993 Neftchi Fargʻona 1??1994 Neftchi Fargʻona1??1995 Neftchi Fargʻona1??1996 Neftchi Fargʻona1??1997 Neftchi Fargʻona1??1998Alania Vladikavkaz12801999 Alania Vladikavkaz11411999 Baltika Kaliningrad11402000Rubin Qozon23192001 Rubin Qozon21102002 Rubin Qozon21732003 Rubin Qozon11712004 Rubin Qozon11022005 Rubin Qozon11502006 Rubin Qozon11402007 Rubin Qozon11102008 Rubin Qozon110

Xalqaro turnirlardagi gollari № Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 21-oktabr 1995 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 2-3 Magʻlubiyat 1995-yilgi Osiyo-Afrika kubogi 2. 25-may 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 6-0 Gʻalaba 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari 3. 7-sentabr 1997 Tokio Olimpiya stadioni, Tokio, Yaponiya 6-3 Magʻlubiyat 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari 4. 18-oktabr 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 1-5 Magʻlubiyat 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari 5. 25-oktabr 1997 "Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 4-0 Gʻalaba 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari 6. 3-dekabr 1998 700 yilligi stadioni, Chiang May, Tailand 3-3 Durang 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari 7. 24-noyabr 1999 Tahnun bin Muhammad stadioni, Abu-Dabi, BAA 3-2 Gʻalaba 2000-yilgiOFK Osiyo kubogi saralash oʻyinlari.2-yanvar 2017-yilda yangilanganAndrey Fyodorov – International AppareancesUzbekistan International Matches – Details 1992-1999

Yutuqlari Futbolchi sifatida

Xirosimadagi Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil Oʻzbekiston chempioni (4): 1992, 1993, 1994, 1995-yillar „Rubin“ jamoasi bilan Rossiya chempioni: 2008-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 1994, 1996-yillar Osiyo chempionlar kubogi bronza medali sohibi: 1994/95-yillar Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi (2): 1996, 1997-yillar Rossiya chempionati bronza medali sovrindori: 2003-yil Hamdoʻstlik kubogi kumush medali sovrindori: 1994-yil Rossiya birinchi divizioni gʻolibi: 2002-yil

Shaxsiy yutuqlari Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: № 3 – 1997-yilUzbekistan – Footballer and Coach of the Year. rsssf.com, 16-maya 2008

Murabbiy sifatida Oʻzbekiston chempioni: 2018-yil Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019-yil

Davlat mukofotlari „Shuhrat“ medali sohibi.

Manbalar

Havolalar Andrey Fyodorov „Rubin“ rasmiy saytidagi profil Andrey Fyodorov Terma jamoadagi oʻyinlari statistikasi Andrey Fyodorov at FIFA.com

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:FC Baltika Kaliningrad futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari Turkum:Kazanka FK murabbiylari Turkum:FC Lokomotiv Moskva murabbiylari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar