Christina Cole(1982-yil 8-mayda tugʻilgan) – britaniyalik aktrisa. Sky One telekanali efirga uzatgan gʻayritabiiy teleserial Hexda ijro etgan Cassie Hughes roli bilan tanilgan.

Yoshligi Londonda tugʻilgan Cole oilada uchta farzandning eng kattasidir. Uning Cassandra ismli singlisi va Dominic ismli akasi bor. Colening onasi telemarkaz menejeri, otasi esa haydovchilik boʻyicha oʻqituvchi. Cole Oxford drama maktabida tahsil olgan va uni 2002-yilda tugatgan.

Faoliyati Cole drama maktabida oʻqiyotgandayoq What a Girl Wants (2003) filmida Clarissa Payne rolini qoʻlga kiritadi. U suratga tushishni boshlash uchun maktabni erta tugatadi. Keyinchalik, u Clwyd Theatr Cymruda Romeo va Juliet spektaklida Juliet rolini ijro etadi.

Colening birinchi bosh roli Hex teleserialida Cassie Hughes edi. U butun birinchi mavsumda va ikkinchi mavsumning dastlabki uchta epizodida Cassie onbrazini tasvirlagan. Hammuallif Jemima Rooper Colening serialni tark etishiga uning davom etmaslik istagi sabab boʻlganini taʼkidlaydi.

Hexdan ketganidan soʻng, Cole tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan BBC teleseriali Jane Eyreda Blanche Ingram rolini oʻynadi va Doctor Who teleserialining The Shakespeare Code nomli epizodida Lilith rolini oʻynadi. Aktrisa David Tennant bilan birga serialning uchinchi seriyasining DVD versiyasidagi epizodga audio sharh beradi.

Uning boshqa rollari ichiga James Bond filmlar tizimidan kichik bir qismni oʻz ichiga oladigan Casino Royale (2006) filmi, Nassaudagi Ocean Club Hotelda qabulxona xodimi sifatidagi roli hamda Amerika televideniyesida birinchi koʻrinishi boʻlgan Cane teleserialidagi pilot epizodida Diana Mann rollari kiradi.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2003What a Girl WantsClarissa Payne2006Casino RoyaleOcean Club qabulxona xodimi2007The Deaths of Ian StoneJenny Walker2008Miss Pettigrew Lives for a DayCharlotte Warren2009DoghouseCandySurviving EvilPhoebe Drake2010Close UpAyolQisqa metrajli film2011BlitzWPC2012Before YouAyolQisqa metrajli film2013Mutual FriendsBeatrice2015Jupiter AscendingGemma Chatterjee

Televizion rollari YilSarlavhaRol2002The ProjectLizzie2003Foyleʼs WarViolet DaviesAll About MeSarah2004He Knew He Was RightNora RowleyAgatha Christieʼs MarpleLettice Protheroe2004-05HexCassandra 'Cassieʼ Hughes2005Julian Fellowes Investigates: A Most Mysterious MurderRose Harsent2006Jane EyreBlanche Ingram2007Doctor WhoLilithSea of SoulsRebecca MuirCaneDiana MannSoldMelComedy Showcase: Ladies and GentlemenElizabeth2008Lost in AustenCaroline BingleyAgatha Christieʼs PoirotSarah King2009Maggie HillMaggie HillEmmaxonim Augusta Elton2010Human TargetPrincess Victoria of WalesMidsomer MurdersSarah Sharp2011CHAOSAdele FerrerBreakout KingsLilah TompkinsLewisClaire GansaTime Machine: Rise of the MorlocksAngela2013Silent WitnessJanice MastersSecond SightGemma2014The AssetsLouisa TiltonRosemaryʼs BabyJulie2015Partners in Crimexonim SprotNew TricksCarmen CreswellThe BlacklistAliceLumenJaime Hartman2015-18SuitsDoktor Paula Agard2017SS-GBxonim SheenanThe Indian DetectiveRobyn „Bob“ Gerner2018InnocentLouise Wilson2020Van der ValkHeidi BerlinStrikeIzzy Chiswell

Videooʻyinlarda YilSarlavhaRolIzohlar2017Warhammer 40,000: Dawn of War IIIEldar (ovozli)The SurgeVoice2018VampyrCarol / Loretta / Sabrina & boshqalar (ovozli)Call of CthulhuSarah Hawkins & boshqalar (ovozli)

Manbalar

Havolalar

Christina Cole – The Placeholder sahifasi

Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar