Sebastian Polter (1991-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing „Schalke 04“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Erta faoliyati Polter 2008-yil iyulidan 2012-yil iyunigacha VfL Volfsburg II tarkibida oʻynagan. 2008-09-yilgi mavsumda Polter 10 ta oʻyin oʻtkazib, birorta ham gol ura olmadi. 2009-10-yilgi mavsumda Polter 15 oʻyinda maydonga tushib, uchta gol uradi. 2010-11-yilgi mavsumda esa 25 oʻyinda 11 ta gol uradi. U 2011-12 yilgi mavsumda ham asosiy tarkibda, ham zaxiradan maydonga tushgan. U asosiy tarkibda 12 oʻyinda 2 ta, zaxiradan maydonga tushib 18 ta oʻyinda 5 ta gol urgan.

2012-yil iyulidan 2013-yilning iyuniga qadar „Nurnberg“ klubida oʻynaydi. U asosiy tarkibda 27 oʻyinda 5 ta, zaxiradan maydonga tushirilgan 2 ta oʻyinda esa 1ta gol urgan.

Polter 2013-yil sentabridan 2014-yil iyuniga qadar FSV Mainz 05 II jamoasida tarkibida oʻynagan. U asosiy tarkibda 15ta oʻyinda gol ura olmagan, zaxiradan maydonga tushirilgan 7ta oʻyinida esa 3 ta gol urgan.

Polter 2014-yil avgust oyi oxirida Bundesliga klubi Union Berlinga ushbu mavsum uchun ijaraga berildi va 29 uchrashuvda 14 ta gol urdi.

Queens Park Rangers 2015-yil iyul oyida Queens Park Rangers FSV Mainz 05 dan Polterni nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qiladi va futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Polter birinchi mavsumoldi uchrashuvida Italiyaning „Verona Stars“ jamoasi ustidan 10:0 hisobida gʻalaba qozongan „QPR“ning uchinchi golini kiritib, debyut oʻyining oʻzida gol uradi. Polter ligadagi debyutini Charlton Atletikga qarshi kechgan oʻyinda 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushib oʻtkazadi. Uning asosiy tarkibdagi debyuti Liga kubogi doirasida „Yovil Taun“ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi. U 2015-16-yilgi mavsumni 33 ta oʻyinda 7 ta gol urish bilan yakunlagan. 2016-17-yilgi mavsumda Queens Park Rangers safida 23 oʻyinda 12 ta gol uradi.

Union Berlin U 2017-yil 10-yanvarda Union Berlinga qaytadi. 2016-17-yilgi mavsumda "Union Berlin " safida u 15 oʻyinda 7 ta gol uradi. U 2017-18-yilgi mavsumni 26 oʻyinda 12 ta gol bilan yakunlaydi.

2020-yil 28-may kuni Union Berlin prezidenti Dirk Zingler oʻz bayonotida Polter iyun oyidan shartnomasi tugaguniga qadar klubda oʻynamasligini eʼlon qildi va COVID-19 pandemiyasi davrida Polter klubning „bir-birini qoʻllab-quvvatlamagan“ yagona aʼzosi ekanligini taʼkidladi. Asosiy jamoa aʼzolaridan faqatgina u pandemiya taʼsirida jamoasi moliyaviy jihatdan qiynalayotgani uchun maoshini kamaytirishdan bosh tortdi.

Fortuna Sittard Polter 2020-yil 17-avgustda Gollandiyaning Eredivizion klubi Fortuna Sittard bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

VfL Bochum 2021-yil 13-avgustda VfL Bochum Polterni tekin transfer evaziga jamoaga qoʻshib oldi. Uning shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar tuziladi.

Schalke 04 2022-yil 20-iyunda Polter Bundesligaga chiqqan "Schalke 04" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati Polter Germaniyaning bir nechta yoshlar terma jamoalari aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, 2013-yilda Isroilda boʻlib oʻtadigan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida asosiy tarkibida boʻlgan.

Faoliyatining statistikasi +KlubMavsumLigaKubokBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarVfL Wolfsburg II2008-09Regionalliga Nord100——1002009-10Regionalliga Nord153——1532010-11Regionalliga Nord2511——25112011-12Regionalliga Nord185——185Jami6819——6819VfL Wolfsburg2011-12Bundesliga12200—1221. FC Nürnberg (ijara)2012-13Bundesliga26510—2751. FC Nürnberg II (ijara)2012-13Regionalliga Bayern21——21Mainz 052013-14Bundesliga13020—150Mainz 05 II2013-14Regionalliga Südwest73——73Union Berlin (ijara)2014-152. Bundesliga291400—2914Queens Park Rangers2015-16Championship31600213372016-17Championship2040030234Jami511000515611Union Berlin2016-172. Bundesliga15700—1572017-182. Bundesliga241220—26122018-192. Bundesliga20912—21112019-20Bundesliga13200—132Jami723032—7532Fortuna Sittard2020-21Eredivisie32921—3410VfL Bochum2021-22Bundesliga331031—3611Schalke 042022-23Bundesliga2010—30Faoliyatidagi jami34710312451364108

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar