Ulugʻbek Hoshimov (2001-yil 3-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Samarqandning „Dinamo (Samarqand)“ klubi tarkibida hujumchi / qanot yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Ulugʻbek faoliyatini „Paxtakor“ klubida boshlagan. 2019—2020-yilgi mavsumlarni Paxtakor jamoasining oʻrinbosarlar tarkibida oʻtkazgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi Hoshimovni 20 000 $ ga Paxtakor jamoasida transfer qilgan. 2023-yilgi mavsum yakunida „Neftchi“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlangan va Termizning „Surxon“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Surxon jamoasida yarim mavsum davomida oʻynagan va bu davrda 10 ta oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylangan. 2024-yil 17-iyulda „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.
Xalqaro faoliyat 2022-yil Toshkentda oʻtkazilgan Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston Yoshlar jamoasi tarkibida 6 uchrashuvda 2 ta gol kiritib musobaqada kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2023-yilgi futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari musobaqasida Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Superligasi: 2020 (1) Oʻzbekiston kubogi 2020 (1)
Oʻzbekiston Pro-ligasi: 2021 (1)
Xalqaro
AFC U-23 Osiyo chempionati 2022 2-oʻrin: 2022 Osiyo oʻyinlari uchinchi oʻrn: 2023
Manbalar
Havolalar Ulugʻbek Hoshimov Soccerwayda Ulugʻbek Hoshimov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari