Zohir Pirimov (1990-yil 6-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi professional futbolchi, hujumkor yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Zohir 2009-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
Futbolchilik faoliyati Zohir Samarqand futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini Navoiyning „Qizilqum“ klubida boshlagan. 2008-yilgi mavsumda taniqli sobiq futbolchi, OTMK (hozirda OKMK) bosh murabbiyi Igor Shkvirin taklifiga koʻra Olmaliq jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Zohir Olmaliqliklar safida 8 mavsum davomida oʻynagan. 2017-yilgi mavsumda „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Bir mavsum davomida Buxoro klubi sharafini himoya qilgan. Primov, 2018-yilgi mavsumda Namangannning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Shu mavsumning 2-davrasidan sobiq jamoasi „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2020-yilgi mavsumda Olmaliq jamoasini tark etgan va „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil Termizning „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2022-yil mavsumning 2-davrasidan Surxon jamoasini tark etgan. 2023-yilgi mavsum boshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2018
Manbalar
Havolalar
Zohir Pirimov Transfermarkt saytida Zohir Pirimov Footballdatabase.eu saytida Zohir Pirimov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar