„The Dope Show“ Amerikada tuzilgan Marilyn Manson rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. 1998-yilning sentabrida guruhning Mechanical Animals nomli uchinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matni Marilyn Manson tomonidan yozilgan, qoʻshiq musiqasi esa Twiggy Ramirez tomonidan yaratilgan.
Tarona 1999-yilda „Eng yaxshi hard rock ijro“ () nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan. Spin nashri tomonidan 2018-yilda tuzilgan „1998-yilning eng yaxshi 88 alternative rock qoʻshiqlari“ () roʻyxatida 17-oʻringa loyiq topilgan. Shvetsiya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan esa oltin sertifikati bilan taqdirlangan.
„The Dope Show“ qoʻshigʻi uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Paul Hunter rejissorlik qilgan. Klip 1998-yilning 20-avgustida omma eʼtiboriga havola etilgan. Unda Manson androgin oʻzga sayyoralik rolini jonlantirgan. Bundan tashqari, klipda amerikalik aktyor Billy Zane kameo rolni ijro etgan. Klip HSI Productions studiyasi tomonidan ishlangan, suratga olish bilan bogʻliq xarajatlar esa Interscope Records leybli tomonidan qoplangan. Shuningdek, klip Kodak 35 mmli kinotasmada suratga tushirilgan. Qoʻshiq klipi 1998-yilda „Eng yaxshi operatorlik ishi“ () nominatsiyasida MTV Video Music Award bilan taqdirlangan. Shuningdek, ikki nominatsiyada Billboard Music Awardga ham sazovor boʻlgan. Bundan tashqari, MuchMusic nashri tuzgan „Eng munozarali 50 video[klip]“ () roʻyxatida 16-oʻrinni egallagan.
Jamoa Sean Beavan — ovoz rejissori Michael Beinhorn — produser Melora Creager — bek-vokal Ginger Fish — dovullar Madonna Wayne Gacy — pianino Tom Lord-Alge — miksing Marilyn Manson — vokal, elektrodovullar, produser Twiggy Ramirez — solo-, ritm- va bas-gitara Zim Zum — gitara
Chartlar Chart (1998)OʻrniSpanish Airplay (AFYVE) 36
Manbalar
Havolalar
Turkum:Marilyn Manson qoʻshiqlari Turkum:1998-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar