Arne Dokken (1955-yil 27-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq futbolchi. U Norvegiyaning bir nechta klublari, ikkita Gretsiya klubida va Norvegiya milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. Norvegiya oliy divizionida sakkiz mavsumda jami 147 ta oʻyin oʻtkazib, 64 ta gol urgan. U 1975 va 1980-yillarda 1-divizionda eng yaxshi toʻpurar sifatida taqdirlangan. Uning oʻgʻli Kennet Dokken ham futbolchilik faoliyati bilan shugʻullanadi

Faoliyati

Klublardagi faoliyati Arne Dokken Drammen shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini Åssiden IF jamoasida boshlagan. 19 yoshida Strømsgodset IF jamoasiga oʻtgan. 1975-yilgi mavsumda u Norvegiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari sifatida qayd etiladi. U Lillestrøm SK bilan 1978-yil Norvegiya kubogini va 1981-yilgi ligada oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Keyin u Gretsiyaning Panathinaikos klubida professional faoliyatini davom ettiradi va klub tomonidan Apollon Smyrnis jamoasiga ijaraga beriladi. Faoliyatining oxirgi yillarida Norvegiyaning Rosenborg BK jamoasiga qaytadi va aynan shu jamoa safida rasman futbolchilikdagi faoliyatini yakunlaydi.

Xalqaro faoliyati Dokken toʻrt marta Norvegiya U-19 va 11 marta Norvegiya U-21 termasi jamoasida maydonga tushgan. U Norvegiya terma jamoasi safida 24 ta oʻyinda ishtirok etib, ikkita gol urgan.

Murabbiylik faoliyati U murabbiylik faoliyatini 1985-yilda „Rosenborg“ jamoasida boshlagan. Ushbu jamoa bilan bir necha bor oltin medallarni qoʻlga kiritadi va keyinchalik Rosenborg BK va FC Lyn Osloda sport direktori lavozimiga koʻtariladi. U Strømsgodset IFda murabbiy, sport boʻlimi boshligʻi va Sandefjord Fotballda 2004-yilgi mavsumda bosh murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Yutuqlari

Oʻyinchi sifatida Lillestrøm SK

Norvegiya oliy divizioni : 1981-yil; ikkinchi oʻrin: 1978-yil Norvegiya kubogi : 1978, 1981; ikkinchi oʻrin: 1980-yil

Panathinaikos

Alpha Ethniki, ikkinchi oʻrin: 1981-1982 Gretsiya kubogi : 1982-yil

Murabbiy sifatida Rosenborg

Norvegiya oliy divizioni : 1985-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar