Sia Kate Isobelle Furler (; 1975-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — avstraliyalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. Oʻz faoliyatini 1990-yillarning oʻrtalarida Adelaidadagi Crisp guruhida qoʻshiqchi sifatida boshlagan.1997-yilda Crisp guruhi tarqalib ketgan vaqtda, u Avstraliyada o'zining �M2�OnlySee�M4� nomli birinchi studiyaviy albomini chiqardi.U Londonga koʻchib oʻtdi va Zero 7 nomli britaniyalik duet uchun kuyladi.Sia 2001-yilda "Healing Is Difficult " nomli ikkinchi studiyaviy albomini va 2004-yilda uchinchi „Colour the Small One“ nomli albomini chiqardi.
Sia 2005-yilda Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi va Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻylab sayohat qildi.Uning toʻrtinchi va beshinchi studiyaviy albomlari „Some People Have Problems“ va �M12�We Are Born�M13�, 2008- va 2010-yillarda ommaga taqdim etilgan.Ularning har biri Avstraliya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan oltin sertifikatiga munosib deb topilgan va oldingi albomlariga nisbatan koʻproq eʼtiborni tortgan.Oʻsib borayotgan shon-shuhratdan biroz noqulay ahvolga tushgan Sia qoʻshiq aytish faoliyatidan oʻziga tanaffus eʼlon qildi va asosiy eʼtiborini boshqa sanʼatkorlar uchun qoʻshiq yozishga qaratdi va „Titanium“ (David Guetta bilan), " Diamonds " (Rihanna bilan) va „Wild Ones“ (Flo Rida bilan) muvaffaqiyatli hamkorliklarini yaratdi. Hayoti va faoliyati Sia Kate Isobelle Furler 1975-yil 18-dekabrda Janubiy Avstraliyaning Adelaida shahrida tugʻilgan.Uning otasi Fil Kolson musiqachi, onasi Loen Furler esa sanʼat boʻyicha oʻqituvchi boʻlgan.Sia aktyor va qoʻshiqchi Kevin Kolsonning jiyani.Sianing aytishicha, u bolaligida Areta Franklin, Stivi Uonder va Stingning.U Adelaidadagi oʻrta maktabida oʻqidi.1990-yillarning oʻrtalarida Sia mahalli Crisp guruhida qoʻshiqchi sifatida faoliyatini boshladi.Sia guruh bilan hamkorlik qildi va ularning Word and the Deal (1996) va EP Delirium (1997) albomlariga qoʻshiq qoʻshdiWord and the Deal and Delirium:.1997-yilda Crisp guruhi tarqalib ketdi va Sia 23-dekabrda Avstraliyadagi Flavored Recordsda oʻzining "OnlySee "nomli birinchi studiyaviy albomini chiqardi. Albom taxminan1200 nusxada sotilgan.Uning keyingi albomlaridan farqli oʻlaroq, �M24�OnlySee�M26� oʻzining toʻliq nomi „Sia Furler“ ostida sotildi. U Jessi Flavell tomonidan ishlab chiqarilgan edi. Mukofotlari va eʼtiroflari Sia bir qator ARIA mukofotlari, MTV Video musiqa mukofoti va Grammy mukofotlarini oʻz ichiga oladigan eʼtiroflarga sazovor boʻldi.
2021-yil mart oyida Adelaida shahri markazidagi yoʻlak Sia Furler Lane deb oʻzgartirildi va Sianing 2011-yilda Adelaidadagi chiqishini xotirlash uchun yaqin atrofdagi devorga "U tasavvur qilgan tugmachalar " nomli devoriy rasm chizildi.
Qoʻshiqlar toʻplamlari
OnlySee (1997) Healing Is Difficult (2001) Colour the Small One (2004) Lady Croissant (2007) Some People Have Real Problems (2008) We Are Born (2010) 1000 Forms of Fear (2014) This Is Acting (2016) Everyday Is Christmas (2017) Music (2021) Reasonable Woman (2024)
Gastrol safarlari We Meaning You Tour (2010—2011) We Are Born Tour (2011) Nostalgic for the Present Tour (2016—2017)
Filmdagi rollari Yil Film nomi RolIzohlar 2004 Piccadilly Jim New Yorkdagi bar qoʻshiqchisi Kameo 2014 Annie Hayvonlar gʻamxoʻri va koʻngilli nazoratchi Kameo 2017 My Little Pony: The Movie Songbird Serenade Dublyaj 2018 Peter Rabbit Janob Tiggy-Winkle Dublyaj Dominion Hikoyachi Hujjatli filmda Charming Maslahatchi Dublyaj 2021Music Chegaralarsiz pop yulduzi Ssenarist, Rejissyor, ProdyuserPeter Rabbit 2: The Runaway Xonim Tiggy-Winkle Dublyaj
Yana qarang AQShlik birinchi raqamli sanʼatkorlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Avstraliyalik film aktrissalari Turkum:LSD guruhi aʼzolari Turkum:Avstraliyalik aktrisalar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar