Sobir Mirobidovich Xodiyev (1972-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Hayoti Professional futboldagi dastlabki faoliyatini SSSR quyi ligasida „Sohibkor“ (Xalqobod) va „Shaxtyor“ (Angren) jamoalarida toʻp surgan. 1991-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasining oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan.

1992-yilgi mavsum Oʻzbekiston oliy ligasida „Traktor“ (Toshkent) tarkibida oʻynagan. U Oʻzbekiston chempionatining ilk bir oʻyinda 3 tagol urgan futbolchilaridan biri (1992-yil 26-aprelda „Shahrixonchi“ga qarshi oʻyinda). 1992-yilning yozida „Paxtakor“ jamoasiga qaytib, uning asosiy jamoasida debyut qilgan va 1992-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Umuman olganda, 1992-yilgi mavsumda 11 ta gol urdi va eng yaxshi toʻpurarlar oʻnligiga kirgan.

1994-yildan yana „Paxtakor“da oʻynagan. 1994-yilda 14 ta gol urib, klubning eng yaxshi snayperi (Shuhrat Maqsudov bilan birga) va chempionatda oltinchi toʻpurari boʻlgan. 1995-yilgi mavsum „Paxtakor“ jamoasi safida 10 ta gol urgan boʻlsa, keyingi mavsumlarda sermahsulligi pasayib borgan. Oʻzbekiston kubogi gʻolibi (1997) va finalchisi (1996). 1998-yilda „Paxtakor“ bilan birga yana mamlakat chempioni boʻlgan.

1999-yilda yana Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻynagan. Soʻng „Paxtakor“ jamoasiga qaytib, u yerda bir yarim mavsum toʻp surgan va 2001-yilning yozidan to faoliyatining oxirigacha yana „Traktor“ klubida oʻynagan.

Oʻzbekiston oliy divizionida jami 77 ta gol urgan. Yuqori darajasdagi barcha turnirlarda 106 ta urgan va Gennadiy Krasnitskiy klubiga kiritilgan.

Sobir 1992-yil 16-iyulda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qozogʻistonga qarshi Markaziy Osiyo kubogi bahsida Ilhom Sharipovning oʻrniga 64-daqiqada maydonga tushganKazaxstan – Uzbekistan – 1:0. Umuman olganda, u milliy terma jamoada 2 ta oʻyin oʻtkazgan, ikkalasi ham 1992-yilda bitta turnir doirasida, ikkalasida ham zaxiradan maydonga tushgan.

2010-yillarning oʻrtalaridan „Paxtakor“da texnik direktor boʻlib ishlagan. Xodiyev faxriylar oʻyinlarida qatnashganZvyozdi futbola Rossii i Ukraini sigrali v odnoy komande.

Yutuqlar

Oʻzbekiston chempioni: 1992, 1998 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1997-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1996-yil

Manbalar

Havolalar

Footballfacts.ru saytidagi profil

Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:20-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Angren klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:SKIF-Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari