Anton Aleksandrovich Zemlyanuxin () (1988-yil 11-dekabrda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik xalqaro futbolchi, Bishkekning „Algʻa“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati U hujumchi, chap qanot himoyachisi, chap yarim himoyachi yoki chap qanot himoyachisi ampulalarida bemalol oʻynay oladigan futbolchi.

Zemlyanuhin 2007-yilning avgustida 18 yoshida TFF Birinchi liga klubi Giresunspor bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Turk klubi uni darhol Abdish-Ata Kant va FC Tarazga ijaraga bergan.

2010/2014-yillarda Anton Qozogʻiston Premyer-ligasida „Taraz“, „Aktobe“, "Qayrat" va „Kaisar“ klublarida oʻynaganAnton Zemlianukhin at Soccerway.

2015-yilning 13-fevralida u Serbiyaning FK Radnički Niš klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Uning Serbiya chempionatidagi muntazam oʻyinlari va terma jamoaga qaytishdagi gollari unga Qirgʻizistonning 2015-yildagi eng yaxshi futbolchisi unvonini olishga sabab boʻlganAnton Zemlyanuxin stal luchshim futbolistom Kirgizstana 2015 goda at CISSOCCER.com, 4-11-2015 .

2016-yilning 5-noyabrida u shartnomani uzaytirish boʻyicha taklif boʻlmagani uchun Sisaket jamoasini tark etgan va Sukhothai jamoasiga borib qoʻshilgan at goal.com, 5-11-2016.

2017-yil 21-iyunda Zemlyanuhin Rossiya Premyer-ligasiga koʻchib oʻtgan va yangi koʻtarilgan FK SKA-Xabarovsk klubi bilan shartnoma imzolagan. Shartnoma imzolash vaqtida futbolchi olgan jarohatidan hali tuzalmagani uchun klubda rasmiy oʻyin oʻtkazmasdan biroz vaqt oʻtib bekor qilingan.

2018-yilning 21-fevralida „Atirau“ klubi Zemlyanuhin bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

2018-yilning 5-dekabr kuni „Dordoy Bishkek“ klubi Zemlyanuhin bilan Pavel Matyash va Azamat Baymatov klub bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2021-yilning 16-yanvarida „Dordoy Bishkek“ Zemlyanuhinning shartnoma muddati tugaganidan keyin jamoani tark etishini tasdiqlagan.

2021-yil mart oyida Zemlyanuhin Bishkekning „Algʻa“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 

Xalqaro faoliyati 2018-yil holatiga koʻra, Zemlyanuhin Qirgʻiziston terma jamoasi safida 30 ta oʻyinda maydonga tushgan, jumladan, 2009-yilgi Neru Kubogida ishtirok etgan.

U 2007-yilda terma jamoa tarkibida debyut qilgan va oʻsha oʻyindan soʻng Serbiyaning „Radnichki Nish“ jamoasiga oʻtib, terma jamoaga olgan chaqiruvlari soni ortgan. 2015-yilning 26-martida Afgʻonistonga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyini uchun terma jamoa tarkibidan joy olgan.

2015-yilning mart oyida u milliy terma jamoa uchun oʻzining ilk dublini 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Bangladeshga qarshi oʻyinda amalga oshirgan va bu oʻyinda uning jamoasi 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro Qirgʻiziston YilOʻyin Gol 2007-yil 3 0 2008-yil 0 0 2009-yil 6 2 2010-yil 3 1 2011-yil 0 0 2012-yil 0 0 2013-yil 0 0 2014-yil 0 0 2015-yil 6 4 2016-yil 2 0 2017-yil 4 3 2018-yil 3 3 2019-yil 3 0 Jami 30 13

Xalqaro maydondagi gollari № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2009-yil 25-avgust Ambedkar stadioni, Nyu-Dehli, Hindiston 2009-yil Neru kubogi 2. 2009-yil 28-avgust 3. 2010-yil 17-fevral Sugathadasa stadioni, Kolombo, Shri-Lanka 2010-yil OFK kubogi 4. 2015-yil 11-iyun Bangabandhu milliy stadioni, Dakka, Bangladesh 3–1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 5. 6. 2015-yil 8-oktyabr "Spartak" stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston 7. 2015-yil 17-noyabr 8. 2017-yil 10-oktyabr Thuwunna stadioni, Yangon, Myanma 2019-yilgi Osiyo kubogi saralashi 9. 2017-yil 14-noyabr Estádio Campo Desportivo Taipa, Makao 4–3 10. 11. 2018-yil 22-mart Incheon futbol stadioni, Incheon, Janubiy Koreya 5–1 12. 13. 2018-yil 27-mart „Spartak“ stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston

Yutuqlari

Klub

Abdish-Ata Kant

Qirgʻiziston kubogi: 2007, 2009, 2011Anton Zemlyanukhin at National-Football-Teams.com

Aktobe

Qozogʻiston Premyer-ligasi: 2013

Dordoi Bishkek

Qirgʻiziston Premyer-ligasi: 2019 Qirgʻiziston Superkubogi: 2019Super Cup winners Dordoi bask in double delight at The-afc.com

Manbalar

Havolalar

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:Giresunspor futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:FK Radnički Niš futbolchilari Turkum:Sisaket F.C. futbolchilari Turkum:Sukhothai F.C. futbolchilari Turkum:FC SKA-Khabarovsk futbolchilari Turkum:FC Muras United futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:FC Bishkek Siti futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari