Natalya Yevgenyevna Mishkutyonok (; 197-yil 14-iyulda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan belarusiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Artur Dmitriyev bilan birga 1992-yilgi Olimpiya chempioni, 1994-yilgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni (1991, 1992) va ikki karra Yevropa chempioni (1991, 1992) boʻlgan.

Faoliyati Mishkutiyonok konkida uchishni 1976-yilda boshlagan. U taxminan 1986-yilda Artur Dmitriyev bilan juftlik hosil qilgan. Ularga Sankt-Peterburgda Tamara Moskvina murabbiylik qilgan, xoreografi esa Aleksandr Matveyev boʻlgan. Mishkutyonok / Dmitriyev juftligi birga 1991 va 1992-yillarda Jahon va Yevropa chempionatlarida, 1992-yilda esa Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ular Frants Lisztning „Liebesträume“ (Sevgi orzusi) musiqasi bilan chiqish qilishgan, bu juftlik faoliyatidagi eng mashhur dasturlardan biriga aylangan. Ular oʻsha chempionatdan soʻng koʻp oʻtmay professionalga aylanishgan.

Mishkutyonok / Dmitriyev juftligi 1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida oʻzlarining Olimpiya chempionligini himoya qilishga harakat qilgan va u yerda ikkita kuchli dasturni taqdim etgan. Juftlikning erkin dasturda Rachmaninovning „2nd Piano Concerto“ musiqasida konkida uchishi olqishlarga sazovor boʻlgan. Hakamlar oltin medalni Mishkutyonok va Dmitriyevning doʻstlari hamda yurtdoshlari Yekaterina Gordeyeva / Sergey Grinkovga („G & G“) topshirishgan. Mishkutyonok 1994-yilda musobaqani tark etishga qaror qilgan.

Mishkutyonok hozir Grapevine (Texas) va Fermers Branch (Texas) shaharlarida juftlikda va yakka holda konkida uchuvchilarga murabbiylik qilmoqda. 2009-yilgi AQShda oʻtkazilgan erkaklar oʻrtasidagi musobaqada kumush medal sovrindori boʻlgan Stevan Evans Mishkutyonokning shogirdlaridan biridir.

Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur1993-1994 Don Quixote

Rhapsody on a Theme of Paganini"The Symphony of Emotions":

Piano Concerto #21992-1993 Rhapsody on a Theme of Paganini Flute Dance1990-1992 Don Quixote

The Swan Liebestraum1988-1990 The Swan Letʼs Dance Together

Natijalari (Artur Dmitriyev bilan) Xalqaro Tadbir 1987-88 1988-89 1989-90 1990-91 1991-92 1993-94 Qishki Olimpiya oʻyinlari 1ㅤ 2 Jahon chempionati 3 1ㅤ 1ㅤ Yevropa chempionati. 4 3 3 1ㅤ 1ㅤ 3 Millatlar kubogi 1ㅤNHK Trophy 3 Skate America 1ㅤ 1ㅤ Yaxshi niyat oʻyinlari 2 1ㅤ Piruetten 1ㅤ Universiada 1ㅤ Milliy Rossiya chempionati. 2 Sovet chempionati. 2 2 2 2

Manbalar

Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar