Francisco Reis Ferreira (; 1997-yil 26-martda Portugaliyada tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, „Benfica“ futbol klubi himoyachisi hisoblanadi. Gollandiyaning „Vitesse“ futbol klubida ijara asosida o‘ynaydi.
Klublardagi faoliyati Francisco Ferreira „Benfica“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2016-yilning 30-yanvarida Segunda Ligasida „Oliveirense“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 2019-yilning 6-fevral kuni Portugaliya kubogi doirasida „Sporting“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Francisco Ferreira asosiy tarkibda debyut qilgan. 10-fevral kuni „Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Francisco Ferreira Sangrish ligasida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Francisco Ferreira „Benfica“ safidagi ilk golini urgan. 14-mart kuni Yevropa ligasi doirasida Zagrebning „Dinamo“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Francisco Ferreira gol urgan. Debyut mavsumida u chempion boʻlgan va Portugaliya Superkubogini qoʻlga kiritgan.
2022-yilning iyul oyida u gollandiyalik „Vitesse“ futbol klubiga ijara asosida oʻtgan.
Xalqaro faoliyati 2014-yilda Francisco Ferreira yoshlar jamoasi tarkibida Maltada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Shotlandiya, Shveysariya, Germaniya va Angliyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2016-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi bilan Francisco Ferreira Germaniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Francisco Ferreira Fransiya, Avstriya, Germaniya va Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2017-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Francisco Ferreira Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Francisco Ferreira Kosta-Rika va Eron jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Statistikasi +JamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogKontinentalBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBenfica B2015—201690————902016—2017303————3032017—2018332————3322018—2019190————190Jami915————915Benfica2018—2019132100041—1832019—202026160007104012020— 2021401010100070Jami433801012110654Valencia (ijara)2020— 202130————30Umumiy faoliyatida13788010121101599
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari