Ville Juhani Nieminen () (1977-yil 6-aprelda tugʻilgan) — finlandiyalik sobiq professional xokkeychi. Ville Nieminen Milliy Xokkey Ligasida 400 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
Oʻyin faoliyati Ville Nieminen oʻzining professional xokkey faoliyatini 1994—1995-yilgi mavsumda Finlandiya SM-liigasi vakili „Tappara“ xokkey klubi bilan boshlagan. Shundan soʻng, Ville Nieminen „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safiga 1997-yilgi NHLga kirish loyihasida 78-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan.
Ville Nieminen NHLda bir nechta jamoalarda oʻynagan va 2004—2005-yilgi lokavt mavsumini oʻz uyi „Tappara“ xokkey jamoasida oʻtkazgan. Ville Nieminen 2005—2006-yilgi NHL mavsumi uchun „New York Rangers“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Ville Nieminen 2006-yil 8-martda „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
Ville Nieminen 2004-yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionatida Finlandiya sharafini xalqaro oʻyinda himoya qilgan. Ammo Ville Nieminen 2005-yilgi IIHF Jahon chempionatida qatnasha olmagan. Shuning uchun Ville Nieminen NHL oʻyinchisi Tuomo Ruutu bilan Finlandiya televideniesida sharhlar bergan.
2007-yil 27-fevralda Ville Nieminen „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Ville Nieminenning klub bilan shartnoma muddati iyul oyida tugadi va u oʻsha paytdagi Shvetsiyaning Allsvenskan ligasi vakili boʻlgan „Malmö Redhawks“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shundan keyin, Ville Nieminen klub safidagi bir mavsumidan keyin oʻz vataniga qaytdi. Ville Nieminen SM-liigadagi „Tappara“ xokey klubi bilan shartnoma imzoladi.
2010-yil 16-iyunda Nieminen Rossiya KHLning „HC Sibir Novosibirsk“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2011-yil 6-mayda Nieminen Rossiyada qolish uchun „Neftekhimik Nizhnekamsk“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Nieminen keyingi mavsumda Finlandiyaga qaytdi. 2012-yil 2-mayda Ville Nieminen ikki yillik shartnoma asosida „Tappara“ xokey klubiga qo‘shildi.
Ville Nieminen 2014-2015-yillarda „Lukko“ xokkey klubi bilan yakuniy professional mavsumni oʻtkazdi. Shundan soʻng,Ville Nieminen Mestis klubi „KeuPa“ jamoasida bosh murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshladi.
Murabbiylik faoliyati
KeuPa HT 2015—2016, Mestis . Jukurit 2016—2018, Liiga . Lahti Pelicans 2018—2020, Liiga . Modo Hockey 2020, HockeyAllsvenskan
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1993—1994TapparaFIN.182913203366512301994—1995TapparaFIN.181514183258721618221994—1995TapparaFIN.2 U2012101727304145271994—1995TapparaSM-l160000—————1995—1996TapparaFIN.2 U206910192914111324341995—1996TapparaSM-l40118—————1995—1996KOOVEEI.div72134—————1996—1997TapparaSM-l49101323120310181997—1998Hershey BearsAHL7414223685—————1998—1999Hershey BearsAHL67241943127310101999—2000Hershey BearsAHL7421305154—————1999—2000Colorado AvalancheNHL10000—————2000—2001Hershey BearsAHL2810112148—————2000—2001Colorado AvalancheNHL501482238234610202001—2002Colorado AvalancheNHL5310142430—————2001—2002Pittsburgh PenguinsNHL131238—————2002—2003Pittsburgh PenguinsNHL759122193—————2003—2004Chicago BlackhawksNHL602111340—————2003—2004Calgary FlamesNHL193581824448552004—2005TapparaSM-l26141327328246122005—2006New York RangersNHL485121753—————2005—2006San Jose SharksNHL223471011022242006—2007San Jose SharksNHL3011214—————2006—2007St. Louis BluesNHL1400029—————2007—2008Malmö RedhawksAllsv349152412410246102008—2009TapparaSM-l5522204282—————2009—2010TapparaSM-l501514291429336162010—2011Sibir NovosibirskKHL5312233562411202011—2012Neftekhimik NizhnekamskKHL61014—————2011—2012Dinamo RigaKHL1601114—————2011—2012Örebro HKAllsv1545916600022012—2013TapparaSM-l5722285013215336412013—2014TapparaLiiga557152211517336122014—2015LukkoLiiga504101428130332Liiga (jami)362941142086596512162891NHL (jami)3854869117333588122099
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 1997-yil Finlandiya WJC 5 6 2 5 7 2 2002-yil Finlandiya OG 6 4 0 1 1 2 2004-yil Finlandiya WCH 2 0 0 0 0 2006-yil Finlandiya OG 8 0 1 1 4 Oʻsmirlar (jami) 6 2 5 7 2 Kattalar (jami) 14 0 2 2 6
Mukofot va unvonlar Mukofot Yil NHL Stanley kubogi (Colorado Avalanche) 2001-yil Liga Kanada-malja ikkinchi oʻrin 2013—2014-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Finlandiya xokkeychilari