Michael Garteig () (1991-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Michael Garteig hozirda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „ERC Ingolshtadt“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Michael Garteig ilgari Amerika Xokkey Ligasining „Utica Comets“ va „Toronto Marlies“ xokkey jamoalarida oʻynagan.

Oʻyin faoliyati Michael Garteig toʻrt mavsum davomida Britaniya Kolumbiyasi Xokkey Ligasida „Powell River Kings“ va „Penticton Vees“ xokkey jamoalarida oʻynagan. Michael Garteig 2011—2012-yillarda BCHL Top Goaltender mukofotini qoʻlga kiritgan va 2012-yilda Royal Bank kubogi sovrindori "Penticton Vees" xokkey jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Michael Garteig keyin „Quinnipiac Bobcats“ xokkey jamoasi uchun kollegial xokkey oʻynadi. Michael Garteig oʻzining toʻrtinchi mavsumida „Quinnipiac Bobcats“ xokkey klubini ECAC chempionatiga va NCAA finaliga olib chiqdi. „Quinnipiac Bobcats“ jamoasi bilan oʻtkazgan toʻrt mavsumi davomida Michael Garteig 78-25-16 rekordini toʻpladi.

„Quinnipiac Bobcats“ xokkey jamoasidagi toʻrt mavsumidan soʻng Michael Garteig „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Michael Garteig 2016-yilgi mavsum uchun „Vancouver Canucks“ klubining Amerika Xokkey Ligasi filiali „Utica Comets“ xokkey jamoasiga yuborildi. „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasining 2016-yilgi rivojlanish lagerida istiqbol sifatida ishtirok etganidan soʻng, Michael Garteig 2016-yil 29-sentyabrda „Utica Comets“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi. Keyin Michael Garteig ECHLning „Alaska Aces“ xokkey jamoasiga yuborildi. 2016-yilning 17-noyabrida Michael Garteig „Alaska Aces“ klubidan „Canucks“ jamoasi safiga chaqirilgan edi. Ammo 2016-yilning 19-noyabrida Canucks Media Michael Garteigning „Aces“ klubi safiga qaytishini eʼlon qildi.

2017-yil 24-avgustda Michael Garteig faoliyatini „Utica Comets“ xokkey jamoasi bilan davom etish uchun bir yillik AHL shartnomasini imzoladi.

Shundan keyin, Michael Garteig 2019-yil 19-iyunda Finlandiya liigasining eng yaxshi klubi „Tappara“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolab, Yevropadagi karyerasini boshladi. Keyingi 2019—2020-yilgi mavsumda „Tappara“ xokkey klubining asosiy darvozaboni sifatida Michael Garteig 39 ta oʻyinda maydonga tushdi. Shuningdek, Michael Garteig klubga muntazam mavsumni turnir jadvalida uchinchi oʻrinda yakunlashiga yordam berdi. Pley-off oʻyinlari COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan edi.

Michael Garteig 2020-yil 8-sentyabrda Germaniyadagi DEL vakili „ERC Ingolshtadt“ xokkey klubi bilan 2020—2021-yilgi mavsum uchun bir yillik shartnoma imzolash orqalo Yevropada qoldi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGʻalabaMagʻlubiyatMinutOʻyinGʻalabaMagʻlubiyatMinut2009—2010Powell River KingsBCHL2615111564————2010—2011Powell River KingsBCHL483682805————2011—2012Penticton VeesBCHL454142578————2012—2013Quinnipiac UniversityECAC501118————2013—2014Quinnipiac UniversityECAC4024102409————2014—2015Quinnipiac UniversityECAC3622102153————2015—2016Quinnipiac UniversityECAC433242581————2016—2017Alaska AcesECHL221161176————2016—2017Utica CometsAHL804419————2017—2018Kalamazoo WingsECHL2412101403————2018—2019Newfoundland GrowlersECHL43231425342316714232018—2019Toronto MarliesAHL211119————2019—2020TapparaLiiga341591968————Liiga (jami)341591968————

Mukofot va unvonlar Mukofot Yil BCHL Wally Forslund xotira kubogi 2011 Eng yaxshi darvozabon 2011, 2012 Birinchi yulduzlar jamoasi 2012 Kollej ECAC uch yulduzli jamoa 2015, 2016 ECAC barcha turnirlar jamoasi 2016 ECHL Kelly kubogi (Newfoundland Growlers) 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar