Madeline Edwards (talaffuzi: Medlin Edvards; 1996-yil 14-iyunda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sobiq sherigi Zhao Kai Pang bilan birga 2014-yilda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori va 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati Madeline Edwards 2007-yil dekabr oyida Zhao Kai Pang bilan juftlik hosil qilgan. Juftik 2011-yilda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilib, Avstriyada boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida beshinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsumda juftlik Fransiya va Turkiyada oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlarida bir juft bronza medallarini va 2013-yilgi Kanada chempionatidaishtirok etib, oʻsmirlar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan va u yerda 12-oʻrindan joy olgan.

2013 — 2014-yilgi mavsumda Edwards / Pang juftligi ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri medalini qoʻlga kiritgan, Meksikada boʻlib oʻtgan bosqichda kumush, Chexiyada esa bronza medali sohibi boʻlgan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida ettinchi oʻrinni egallagan. Ular 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qisqa raqs namoyishi uchun beshinchi, erkin raqs uchun esa uchinchi oʻrinni egallab, umumiy natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritganlar.

Edwards / Pang juftligi 2014 — 2015-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashishni davom ettirishga qaror qilgan. Ular Fransiyaning Kurchevel shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan va rossiyalik Alla Loboda / Pavel Drozd juftligidan 2,82 ball farq bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Edwards 2014-yil dekabr oyining oxirida mashg‘ulot paytida to‘pig‘ini shikastlab olgan. Qisqa raqsda oltinchi, erkin raqsda esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan holda, juftlik 2015-yilda Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari (Pang bilan) MavsumQisqa raqsErkin raqs2015 — 16 Misa Tango 2014 — 15 Junior-level Chi Samba Eres todo en me Chi Samba

Senior-level

Beautiful That Way Il Tema Della Tata Hobsonʼs Choice: Act 3, Finale 2013 — 14 It's De-Lovely Anything Goes Les Misérables Bring Him Home Master of the House One Day More2012 — 13 Why Donʼt You Do Right Mr. Pinstripe Suit The Artist George Valentin Waltz for Peppy Peppy and George

Natijalari JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Pang bilan Xalqaro Musobaqa 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati 12 3 6 finali 5 Avstriya 5 Chexiya Respublikasi 3 Fransiya 3 2 Yaponiya 1 Meksika 2 Turkiya 3 Milliy Kanada chempionati 1-N 2-J 1-J 7 7 Darajalar — N: yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanadalik figurali uchuvchilar