Ivan Rakitić (; 1988-yil 10-martda Shveysariyada tugʻilgan) – yarim himoyachi sifatida oʻynagan xorvatiyalik sobiq professional futbolchi.
Rakitić professional faoliyatini Shveysariyaning „Bazel“ klubida boshlagan. Bazel jamoasida ikki mavsum oʻynagach, 2007-yilgi mavsumda „Schalke 04“ klubi safiga oʻtggan. Bundesligada uch yarim mavsum toʻp surgandan soʻng, 2011-yil yanvarida „Sevilla“ jamoasiga oʻtgan. Ikki yildan keyin Rakitić jamoa sardori etib tayinlangan. 2013-14-yilgi mavsumda jamoa sardori sifatida Sevilla klubi bilan UEFA Yevropa ligasi gʻolibligiga erishgan. 2014-yil iyunda „Barcelona“ va „Sevilla“ Rakitić transferi boʻyicha kelishuvga erishgan. „Barcelona“ jamoasidagi birinchi mavsumidayoq u La Liga, Ispaniya Kubogi va UEFA Chempionlar ligasi turnirlarida muvaffaqiyatga erishib, treblni qoʻlga kiritgan. 2015-yilgi Chempionlar ligasi finalida birinchi golni urgan Rakitić, ikki turli klubda oʻynab, Yevropa ligasidan keyin bir yil ichida Chempionlar ligasini ham yutgan ilk futbolchi boʻlgan. „Barselona“ safida 310 ta oʻyin oʻtkazib, oʻn uchta sovrinni qoʻlga kiritgan. Rakitić 2020-yilda Barcelona jamosini tark etgan va „Sevilya“ klubi tarkibiga qaytgan. 2023-yilgi UEFA Yevropa Ligasi finalida yana bir bor Yevropa Ligasi gʻolibiga aylangan.
Ivanning ota-onasi asli Yugoslaviyadan kelib chiqqan xorvat hisoblanadi. Rakitićning ota-onasi Shveysariyada yashagan davrida tugʻilgan, yoshligida Shveysariya terma yoshlar jamoasi safida oʻynagan boʻlsa-da, kattalar darajasida Xorvatiya nomidan maydonga tushishni maʼqul koʻrgan. 2007-yilda Xorvatiya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va shundan buyon mamlakat tarkibida UEFA Yevropa chempionatining 2008, 2012 va 2016-yilgi turnirlarida hamda 2014 va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Oʻzi ishtirok etgan soʻnggi musobaqaning finaligacha yetib borgan. Rakitić 2020-yil sentyabrda Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 106 ta oʻyin oʻtkazib, terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgan. Faoliyatini yakunlagan davrida Xorvatiya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan toʻrtinchi futbolchi edi.
Klublardagi faoliyati Ivan Rakitić „Basel“ klubi futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanagan. 2005-yilda asosiy jamoa safidada debyut qilgan. Ikki mavsumni Shveysariya klubining markazida oʻtkazganidan soʻng, 2007-yilning yozida Ivan Rakitić Germaniyaning „Schalke 04“ futbol klubiga oʻtgan va buning uchun 97 oʻyin davomida 12 gol urgan. 2010—2011-yilgi Ispaniyaning „Sevilla“ futbol klubiga oʻtgan va u bilan oʻzining ilk Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoadagi 3,5 yil davomida 117 uchrashuv oʻtkazib, 27 gol urib, klub sardori va yetakchisiga aylangan. 2014-yilning iyun oyida u „Barcelona“ futbol klubi futbolchisiga aylangan. 2020-yil sentabrida klubda 6 yil oʻtkazgandan soʻng u „Sevilla“ futbol klubiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati Ivan Rakitićning birinchi xalqaro tajribasi yoshlar darajasida Shveysariyaning 17 yoshgacha, 19 yoshdan va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida boʻlgan. Ammo Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyining taklifini qabul qilib, mamlakatning kattalar jamoasida oʻynashga qaror qilgan. U Xorvatiya terma jamoasi safida 2007-yil 8-sentabrda Estoniyaga qarshi EURO-2008 saralash oʻyinida maydonga tushgan va u muxlislar tomonidan yuqori baholangan. 2007-yil 12-sentabrda Xorvatiyaning keyingi saralash oʻyinida Andorra ustidan gʻalaba qozongan. U 2007-yilni oʻz nomi bilan atalgan beshta oliy martabali xalqaro oʻyinlar bilan yakunlagan, ulardan toʻrttasi EURO-2008 saralash bosqichi oʻyinlari egan.
2020-yil 21-sentabrda yarim himoyachi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan. Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Ivan Rakitić Rossiya bilan JCh-2022 saralash oʻyini oldidan muxlislar bilan xayrlashgan. Terma jamoa tarkibida u 106 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan. Rossiya bilan bahs boshlanishidan avval xorvatlar Ivan Rakitić bilan tantanali xayrlashuv marosimini oʻtkazishgan. Unga esdalik futbolkasi berilgan.
Faoliyat statistikasi Klub + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNordstern Basel2004–052. Liga Interregional0010——10Basel II2005–061. Liga219———219Basel2005–06Shveysariya Superligasi101010—302006–0733115090—4711Jami341160100—5011Schalke 042007–08Bundesliga2933170304242008–092314171—3432009–1029740——3372010–11161415010262Jami97121531914013516Sevilla2010–11La Liga1351020—1652011–123603100—3912012–1334883——42112013–14341200183—5215Jami11725124203—14932Barcelona2014–15La Liga32571122—5182015–1636760102505792016–173288190205192017–1835182101205542018–1934371121105452019–20311307010421Jami2002539560611031036Sevilla2020–21La Liga3744282105082021–223543083—4672022–2331151150—5122023–24182206010272Jami121111433752017419Al-Shabab2023–24Saudiya Pro ligasi81———81Hajduk Split2024–25HNL3521030—392Umumiy statistikasi63396881514915170887126
Terma jamoa + Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarXorvatiya20075120081142009822010812011602012101201311020141002015612016732017602018142201940Jami10615
Xorvatiya hisobi birinchi koʻrsatilgan, natijalar ustunida esa Rakitićning har bir golidan keyingi hisoblar aks ettirilgan.
+ Ivan Rakitić tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijaMusoboqa12007-yil 12-sentyabrEstadi Comunal d'Andorra la Vella, Andorra la Vella, Andorra26–06–02008-yilgi Yevropa chepionati saralashi22008-yil 20-avgustLjudski vrt, Maribor, Sloveniya121–13–2Oʻrtoqlik33–242008-yil 15-oktyabr Stadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya161–04–02010-yilgi jahon chepionati saralashi54–062009-yil 11-fevralStadionul Steaua, Bucharest, Ruminiya171–12–1Oʻrtoqlik72009-yil 5-sentyabrStadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya211–01–02010-yilgi jahon chepionati saralashi82010-yil 23-mayGradski Vrt Stadium, Osijek, Xorvatiya261–02–0Oʻrtoqlik92012-yil 12-oktyabrPhilip II National Arena, Skopje, Makedoniya472–12–12014-yilgi jahon chepionati saralashi102015-yil 10-oktyabrStadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya742–03–02016-yilgi Yevropa chepionati saralashi112016-yil 4-iyunStadion Rujevica, Rijeka, Xorvatiya767–0 10–0Oʻrtoqlik122016-yil 17-iyunStade Geoffroy-Guichard, Sent-Eten, Fransiya782–02–22016-yilgi Yevropa chempionati132016-yil 5-sentyabrStadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya811–01–12018-yilgi jahon chepionati saralashi142018-yil 27-martAT&T Stadium, Arlington, Qoʻshma Shtatlar901–01–0Oʻrtoqlik152018-yil 21-iyunNizhny Novgorod stadioni, Nijniy Novgorod, Rossiya943–03–02018-yilgi jahon chepionati
Mukofotlar Bazel
Shveytsariya kubogi: 2006–07
Sevilya
UEFA Yevropa ligasi: 2013–14, 2022–23
Barselona
La Liga: 2014–15, 2015–16, 2017–18, 2018–19 Ispan Qirollik kubogi: 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18 Ispaniya Superkubogi: 2016, 2018 UEFA Chempionlar Ligasi: 2014–15 UEFA Superkubogi: 2015 FIFA Klublararo jahon chempionati: 2015
Xorvatiya
FIFA Jahon chempionati ikkinchi oʻrin sovrindori: 2018
Shaxsiy
Shveysariya Superligasining eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2006–07 Shveysariya Superligasining mavsumning eng chiroyli goli: 2006–07 La Liga halol oʻyin mukofoti: 2013–14 La Ligada oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2014-yil yanvar UEFA Yevropa ligasi finali oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: 2014 La Liga mavsumning ramziy terma jamoasi: 2013–14, 2014–15 UEFA La Liga mavsumning ramziy terma jamoasi: 2018–19 UEFA Yevropa ligasi mavsumning ramziy terma jamoasi: 2013–14, 2022–23 UEFA Chempionlar Ligasi mavsumning ramziy terma jamoasi: 2014–15 Yilning eng yaxshi xorvat futbolchisi: 2015 Yilning eng yaxshi xorvat sportchisi: 2015 FIFA FIFPro World11 3-darajali terma jamoasi: 2018 La Liga oyning eng chiroyli goli: 2023-yil noyabr
Ordenlar
Gersog Branimir ordeni
Yana qarang Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati 1000 yoki undan ortiq rasmiy oʻyin oʻtkazgan erkak futbolchilar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Profil Sevilla FC saytida
Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:10-martda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Basel futbolchilari Turkum:FC Schalke 04 futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Al Shabab FC (Riyod) futbolchilari Turkum:HNK Hajduk Split futbolchilari Turkum:Shveysariya Superligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Shveysariyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar