Assim Omer Al Haj Madibo (1996-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — qatarlik futbolchi, Qatarning “Al-Duhail” klubida va Qatar terma jamoasi safida himoyachi vazifasida toʻp suradi.

Klubdagi karyerasi Madibo ilk futbolchilik faoliyatini AJ Auxerre klubida boshlagan. 2015-yilda Qatardagi Aspire akademiyasini tamomlagan.

2015-yil yanvar oyida Madibo Avstriyaning LASK Linz klubining kattalar jamoasi safiga borib qoʻshiladi. U professional ligadagi ilk debyutini 2015-yilning 13-avgustida Avstriya chempionatining Lustenau klubiga qarshi oʻyinda o‘tkazadi. 2016-yil yanvar oyida u klubni tark etib, Cultural Leonesa klubiga borib qoʻshiladi.

Keyinroq maʼlum boʻlishicha Madibo 2017-yilning iyul oyida Belgiyaning birinchi A divizioni vakili "Eupen"ga Cultural Leonesa klubidan bir mavsumga ijaraga olinadi.

Assim Madibo hozirda "Al Duhail" jamoasi safida oʻynamoqda. Asosiy pozitsiyasi: yarim himoyachi. Asosiy tarkibdagi oʻyinlar soni: 23 tani tashkil etadi. Transfer bozorida futbolchi Assim Madiboning hozirgi taxminiy bahosi 555 000 yevroni tashkil etadi, bu transferlarning oʻrtacha bozor narxidan oshib ketadi. Shu kunga qadar Assim Madibo "Al Duhail" jamoasi safida 25 ta oʻyinda ishtirok etdi.

Xalqaro karyerasi Qatarda sudanlik oilada tugʻilgan Madiboda Qatar yoki Sudan futbol terma jamoalaridan istalgan birini tanlash imkoniyatiga ega edi va u Qatar vakili sifatida toʻp surishni afzal koʻrdi. Madibo oʻz mamlakatining turli yosh guruhlarida maydonda harakatlangan. U 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2014-yilgi Osiyo chempionatida Qatarning 19 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va Qatar bilan chempionlikni qoʻlga kiritgan. U 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Qatarning 20 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi safida ham oʻynagan.

Yutuqlar thumb|Madibo 2018-yil yanvar oyida Al-Duhayl

Qatar Yulduzlar Ligasi: 2016–17, 2019–20 Qatar amiri kubogi: 2019-yil Qatar Shayx Jassim kubogi: 2016-yil

Qatar U19

U-19 Osiyo chempionati: 2014-yil

Qatar

OFK Osiyo Kubogi : 2019-yil

Manbalar

Havolalar

Assim Madibo at BeSoccer

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qatarlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:LASK futbolchilari Turkum:Cultural y Deportiva Leonesa futbolchilari Turkum:KAS Eupen futbolchilari Turkum:Al Duhail SC futbolchilari Turkum:Al-Gharafa SC futbolchilari Turkum:Al-Wakrah SC futbolchilari Turkum:Aspire Academy (Qatar) futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Avstriya Regionalliga futbolchilari Turkum:Avstriya 2. Landesliga futbolchilari Turkum:Qatarlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:AFC Osiyo kubogida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Mahalliylashtirilgan futbolchilar