Abu al-Valid Muslim ibn al-Valid al-Ansoriy ( hijriy 30/milodiy 748 – hijriy 207/milodiy 820), Sari al-G‘avoniy nomi bilan ham tanilgan ( ), ilk Abbosiylar davrining eng yaxshi shoirlaridan biri va ansoriylarning mavlolaridan edi. Hilari Kilpatrik soʻzlariga koʻra, Muslim ibn al-Validga abbosiylar aslzodalari homiylik qilgan, u "yangilanish" davri adabiyotining ilk namoyandalaridan biri boʻlib, sharob va muhabbat haqida she'rlari mashhur boʻlgan, shuningdek, qasidalar ham yozgan.
Arab adabiyoti ensiklopediyasining taʼkidlashicha, Muslim ibn al-Valid Kufada tugʻilib oʻsgan. U Horun ar-Rashid hukmronligi davrida 794-yili Barmakiylar parchalanishidan oldin Bagʻdodga koʻchib oʻtgan.
U yettinchi abbosiy xalifasi al-Maʼmun davrida vazir boʻlgan Al-Fazl ibn Sahlning e'tirofiga sazovor boʻldi va Jurjon (hozirgi Eron davlatidagi Goʻrgan shahri), keyinroq esa Isfahonda xalifa al-Ma'munning muhrdori etib tayinlandi. Al-Fazl oʻldirilganidan keyin Muslim ibn al-Valid she'riyatni tark etdi va vafotiga qadar yolgʻiz hayot kechirdi. U Goʻrgan shahrida dafn etilgan.
Nashr va tarjima
MJ de Goeje nashri (1875) Muslim ibn al-Validning Artur Vormxudt tomonidan tarjima qilingan va sharhlangan "Sari' al Gavoniy" deb nomlangan devoni. Uilyam Penn kolleji. 1981-yil. Manbalar
Havolalar
Poetsgate.com: dywạn ṣryʿ ạlgwạny
Turkum:823-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari