Abu Mansur Qontariy (arabcha: أبو منصور القنطاري — Abu Mansur Jaʼfar ibn Sodiq ibn Junayd Qontariy) — Muhaddis va roviy. (vaf. 927 y.)
Abu Mansur Qontariy IX asr oxirida Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Roʻs al-qontara qishlogʻida Sodiq ibn Junayd xonadonida tavallud topgan. Bu qishloq XII asrgacha Xushufagʻon, XIII asrgacha arabcha "Roʻs al-qontara" ("Koʻprik boshi"), XIII asrdan XVI asrgacha esa forscha "Saripul" deb atalganСмирнова О.И. Cтраны и народы востока. – Москва, 1971. 92, 93.. Abu Mansur Jaʼfar ibn Sodiq ibn Junaydga "Roʻs al-qontariy" deb emas, balki "Qontariy" deb nisba berilgan. Shu bois xalq orasida Abu Mansur Qontariy nomi bilan tanilgan. Ustozlari Abu Abdulloh Yoqut Hamaviyning "Muʼjam al-buldon" kitobida keltirilishicha Abu Mansur Qontariy hadis ilmi sir-asrorlarin Xalaf ibn Oʻmir Buxoriy va Muhammad ibn Ishoq ibn Xuzayma kabi allomalardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan. Vafoti Abu Mansur Qontariy 315/927 yilda vafot etganAbu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 9. — Bayrut, 1979. 302.. Manbalar
Adabiyotlar Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 62.
Turkum:Muhaddis Turkum:Roviylar Turkum:Samarqandlik allomalar