Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Hilol ibn Ibrohim al-Ardabiliy soʻngra al-Qohiriy ash-Shofiʼiy (1399-yil — ?) — faqih. Taxminan 1399-yilda Jablada tugʻilgan. Asarlari „Sharhu-l-minhoji-l-asliy“ („Asl dastur sharhi“, muallifning oʻzi ushbu asarni „Nihoyatu-l-vusul“ („Maqsadga yetishning yakuni“ deb nomlagan) „Sharhu-l-hoviy“ („Hoviyu-l-fatovo“ga yozilgan bu sharh „Keng koʻlamli sharh“ deb ataladi, muallifning oʻzi uni „Tahriru-l-fatovo“ („Fatvolarni tahrir etish“ deb nomlagan) „Sharhu-l-masobiyh“ (hadislar haqidagi „Mishkotu-l-masobiyh“ga sharh").
Manbalar
Turkum:1399-yilda tugʻilganlar