Isaiah Faber (1999-yil 31-mart), Powfu nomi bilan tanilgan, — kanadalik repper, qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va prodyuser. U Faber Drive guruhi aʼzosi Dave Faberning oʻgʻli. U Beabadoobee ishtirokida „Death Bed (Coffee for Your Head)“ singli chiqqanidan keyin mashhurlikka erishdi. Shuningdek, qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 23-oʻrinni egallagan.

Faoliyati 2020-yil fevral oyida u Beabadoobeening „Coffee“ debyut singlidan ilhomlanib yaratilgan „Death Bed (Coffee for Your Head)“ qoʻshigʻini chiqardi. Singl 2021-yil iyun oyi holatiga koʻra, Spotifyda 1 milliarddan ortiq tinglangan va qoʻshiq TikTok orqali mashhurlikka erishgandan soʻng Billboard Hot 100 roʻyxatida 23-oʻrinni egalladi. Bir yil oʻtgach, Powfu AQShdagi Columbia Records bilan shartnoma tuzdi. Qoʻshiq 2020-yil 29-mayda chiqarilgan Poems of the Past nomli EPda paydo boʻldi.

2022-yil 2-dekabrda Powfu oʻzining birinchi toʻliq metrajli albomi, surrounded by hounds and serpents albomini chiqardi. Albomda Taylor Swiftning Mine qoʻshigʻiga qilingan cover ham bor edi. Billboard nashriga bergan intervyusida u bu albom nomi uning „soxta doʻstlarini aniqlashga qaratilgan qidiruv“ni tasvirlashini aytib oʻtgan.

Diskografiyasi Studio albom surrounded by hounds and serpents (2022)

EPlari +EPlari roʻyhati, chiqarilgan sanasi va leybli bilan Nomi Maʼlumotlar Chartlarda egallagan oʻrni CAN FRA US USAlt. USHeat. Some Boring Love Stories Chiqarilgan sana: 2018-yil 12-dekabr Leybl: PowPow — — — — — Some Boring Love Stories, Pt. 2 Chiqarilgan sana: 2019-yil 16-fevral Leybl: PowPow — — — — — Some Boring Love Stories, Pt. 3 Chiqarilgan sana: 2019-yil 10-aprel Leybl: PowPow — — — — — Some Boring Love Stories, Pt. 4 Chiqarilgan sana: 2019-yil 12-noyabr Leybl: PowPow — — — — — Poems of the Past Chiqarilgan sana: 2020-yil 29-may Leybl: Powfu Productions, Robots + Humans 53 57 134 5 1 Some Boring Love Stories, Pt. 5Chiqarilgan sana: 2020-yil 20-noyabr Leybl: Powfu Productions, Columbia — — — — — Drinking Under the Streetlights Chiqarilgan sana: 2021-yil 4-iyun Leybl: Powfu Productions, Columbia — — — — —tell me your feelings and i won't tell you mine Chiqarilgan sana: 2021-yil 8-oktyabr Leybl: Powfu Productions, Columbia—————tell me your feelings and i won't tell you mine pt. 2 Chiqarilgan sana: 2023-yil 31-mart Leybl: Powfu Productions, Columbia————— "—" denotes a recording that has not charted

Mukofotlari Yil Mukofot Nominatsiya Natija 2021 iHeartRadio Music Awards Eng yaxshi alternative rok musiqachisi Juno Awards Yilning eng yaxshi ijodkori

Manbalar