Farrux Fattoyev (1982-yilda tugʻilgan) – ilmiy izlanishlarini AQSHda olib borayotgan fizika fanlari doktori, professor. Hamkasblarining gravitatsion toʻlqinlar boʻyicha qilgan tadqiqotlaridan foydalanib, yadroviy moddalar holati tenglamasini aniqlagan, shuningdek, neytron yulduzining radiusi tenglamasining 14 km dan yuqori boʻla olmasligini isbotlagan. Bundan tashqari Fattoyev neytron yulduzlari sovishi mumkin boʻlgan eng tez neytrino-emissiya mexanizmining birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri dalillarini topdi. Fattoyev 10 dan ortiq yadroviy holat tenglamalari muallifi. Uning modellari dunyo miqyosida maʼruf boʻlib, jumladan birinchi boʻlib neytron terisi tajribasini neytron yulduziga kuzatuvlariga boʻglaydigan ibora bilan aytganda yadroviy narvon yasaydi. Ayniqsa, oxirgi yadroviy modellaridan biri neytron yulduzlarining massasi 2.6 quyosh massasiga teng boʻlishi mumkinligini isbotlaydi va bir qancha xorij yangiliklarida muhokamaga sabab boʻladi. Fattoyev 40 dan ortiq ilmiy maqolaning muallifi boʻlib, maqolalariga 3100 dan ortiq havola yoʻllangan. Yoshlik davri Olim Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Fizika fundamental fan boʻlgani bois fizik olim boʻlib yetishishiga maktabdagi barcha fanlarga bir xil qiziqishi sabab boʻlganini taʼkidlaydi. Bu choʻqqilarga erishishiga ustozlarining naqshi muhimligini taʼkidlaydi. Taʼlim Samarqand Davlat Universiteti (2002);
Oʻzbekiston Milly Universiteti (2004);
Trieste Universiteti va Abdus Salom nomidagi Xalqaro Nazariy Fizika Markazi (Italiya, 2007);
Florida Shtat Universiteti (Florida State University, AQSH, 2011).
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston fiziklari