Elbek Xudoynazarovich Tojiyev (, , 7-yanvar 1986-yil, Kenagas, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston) – Belarus klassik uslub kurashchisi, millati Oʻzbek. Yunon-rum kurashi boʻyicha Yevropa chempioni. Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2012). Oʻtmishda O'zbekiston jamoasida (2003-2007) oʻynagan.
Hayoti Kenagas qishlogʻida tugʻilgan. 10 yoshida Samarqand sport maktabiga borgan. 2006-yilda u oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi va 17 yoshida Belarusga koʻchib oʻtib, fuqaroligini oʻzgartiradiELBYeK POLYeTIT V LONDON!. Dastlabki yillarda u Borisov shahridagi yotoqxonada yashagan va tez orada oʻz uyiga ega boʻlgan. Rafiqasi – Xolida Tojiyeva, oʻgʻillari Ramazon va Ali.
Sport karyerasi 2003-2007-yillarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan; 2005-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni va 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida oʻninchi oʻrinni egallagan. Ammo u 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida −55 kg vazn toifasida Belorussiya nomidan ishtirok etib, 1/8 finalda 0:2 koʻrsatgich bilan yaponiyalik kurashchi Koxey Xasegavaga yutqazgan. 2013-yilgi Tbilisida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 55 kg vazn toifasida final bahsida ozarbayjonlik Elchin Aliyevni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2011-yilda u jahon chempionatlarining kumush medali sovrindori boʻldi. 2010-yilda harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi, 2011-2012-yillarda oʻninchi, 2013-yilda oltinchi va 2016-yilgi Jahon chempionatida beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2014-yilda Xalqaro kurash federatsiyasi uning 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasini toʻxtatdi. 59 kilogrammgacha boʻlgan yangi vazn toifasida u xalqaro musobaqalarda oʻz oʻrniga ega emas.
Natijalar Turnir 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 −55 Olimpiya oʻyinlari – – hisob Jahon chempionati – – – – hisob – 2. hisob Yevropa chempionati – hisob 3. hisob 1. Osiyo oʻyinlari hisob Osiyo chempionati – – – – – – WC oʻsmirlar 4. 1. –
Manbalar
Havolalar
2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari veb-saytidagi profil
Turkum:Qoraqalpogʻistonlik sportchilar