Andris Marisovich Liepa (; 1962-yil 6-yanvar, Moskva, SSSR) – sovet va rus balet solisti, teatr rejissyori va prodyuseri, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2009). Otasi SSSR xalq artisti Maris Liepa nomidagi xayriya fondi asoschisi.

Hayoti Andris Liepa 1962-yil 6-yanvarda Moskvada SSSR xalq artisti Maris Liepa va Moskva drama teatri aktrisasi Margarita Jigunova oilasida tugʻilgan. Uning ismini bobosi Andrey Liepa sharafiga qoʻygan. Opasi – Ilze Liepa balet raqqosi, aktrisa, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2002), oʻgay opasi – Mariya Liepa, opera xonandasi.

Bolaligida Andris qishki va yozgi taʼtilni otasining Rigadagi uyida, buvisi Liliya va bobosi Andrey Liepa bilan birga oʻtkazgan. Rigada balet bilan shugʻullana boshlagan.

1981-yilda u IV Xalqaro balet tanlovi laureati boʻldi.

Kollejni tugatgach, u Katta teatr baletining solisti boʻldi. Ushbu truppadagi sakkiz yillik faoliyati davomida u teatr klassik repertuaridagi baletlarda bosh rollarni ijro etgan. U Vashingtondagi spektakl chogʻida ogʻir jarohat olib, sahnani tark etdi.

Keyinchalik Kreml balet teatrining badiiy rahbari va bosh xoreografi sifatida faoliyatini olib borgan. Ketma-ket 17 yil davomida u Moskvadagi Gostiniy Dvorda yangi yil archalari va yangi yil toʻplarini oʻtkazish uchun masʼul oʻlgan.

1990-yillarda Latviya milliy operasi direktori Andrey Jagars Rigaga, „Petrushka“, „Olovli qush“ va „Rossiya fasllari“ operasida Shehrazadani sahnalashtirgan Andris Liepani hamkorlikka taklif qiladi.

1999-yil iyun oyida Latviya Respublikasi Seymi Andris Liepaga maxsus xizmatlari uchun Latviya fuqaroligini berdi.

2007-yilda u Latviyaning eng oliy mukofoti – "Uch yulduz" ordeni bilan taqdirlangan.

2019-yil 16-yanvardan 2022-yil 22-sentyabrgacha – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat akademik katta teatrining badiiy rahbari va bosh xareografi boʻlgan.

2014-yilda Andris Liepa „Andris Liepa Production“ madaniyat va taʼlim sohasidagi loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish markazi, shuningdek, Rossiya hamda chet ellarda gastrol dasturlarini tashkil etuvchi, gala-konsertlar oʻtkazadigan prodyuserlik markazini tashkil etdi.

2018-yilda Rimdagi Palazzo Polida boʻlib oʻtgan „Rossiya Rim“ xalqaro madaniyat festivali laureati boʻldi.

Mukofotlari 1981-yil – Moskva xalqaro musobaqasida oltin medal (yoshlar guruhi) 1985-yil – Moskva xalqaro musobaqasining kumush medali 1986-yil – Jeksondagi xalqaro tanlovda Gran-pri, Missisipi (AQSh). 1986-yil – RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist 1998-yil – „Rossiya kinosining oltin tasmasi“ 2007-yil 22-oktyabr – "Uch yulduz" orden (Latviya)

Manbalar

Turkum:Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya) Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:6-yanvarda tugʻilganlar