Katta Çamlıca masjidi () – bugungi kunda Turkiyada joylashgan eng katta masjid. Bino 2019-yil 7-martda qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan. Masjid Istanbulning Üsküdar tumanidagi Çamlıca tepaligida joylashgan boʻlib, shahar markazidan koʻrinib turadi. Majmua sanʼat galereyasi, kutubxona va konferensiya zalini oʻz ichiga oladi. Masjid bir vaqtning oʻzida 63 000 nafargacha namozxonni (zilzila vatida 100 000 kishini) sigʻdira oladi.

Masjidning qurilish ishlari narxi 110 million AQSH dollarini (oʻsha paytda taxminan 550 million turk lirasi) tashkil qilgan. Çamlıca masjidining qurilish ishlarini rejalashtirish 2000-yilda boshlangan va ikki ayol meʼmor Bahar Mizrak va Hayriye Gül Totu tomonidan olib borilgan„Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah. 8 October 2019. Retrieved 20 April 2020..

Masjid rasman 2019-yil 3-may kuni Turkiyaning amaldagi prezidenti Recep Tayyip Erdoğan tomonidan ochib berilgan„Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah. 8 October 2019. Retrieved 20 April 2020.. Marosimda bir qancha xalqaro yetakchi tashkilot rahbarlari, jumladan, Senegal prezidenti Macky Sall, Gvineya prezidenti Alpha Conde, Albaniya prezidenti Ilir Meta, Falastin Bosh vaziri Mohammad Shtayyeh va boshqa xorijiy davlatlarning rasmiy vakillari ishtirok etishgan.

Çamlıca masjidi Istanbuldagi Ahmadiya masjidi va Adanadagi Sabancı Merkez masjididan keyin Turkiyadagi olti minorali uchinchi masjid boʻlgan.

2022-yilda Çamlıca masjidida toʻxtash joyi sifatida Üsküdardan M5 metro liniyasiga shpal qoʻshish ishlari olib borilgan.

Arxitekturasi Masjid dizayni klassik Usmonli meʼmorchiligi va Xoʻja Sinon asarlaridan ilhomlanib yaratilgan„Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah. 8 October 2019. Retrieved 20 April 2020.. thumb| Çamlıca masjidining old koʻrinishi thumb| Masjidning tungi koʻrinishi Masjidning tashqi dizaynini yaratishda meʼmorlar Xoʻja Sinonning loyihalaridan ilhomlangan boʻlishlari mumkin. Masjid Istanbulning Yevropa tomonida, Bosfor boʻgʻozining narigi tomonida joylashgan Sinonning mashhur loyihalaridan biri hisoblanmish Sulaymoniya masjidiga raqobatdosh masjid sifatida bunyod etilgan.

72 metr balandlikda qurilgan Çamlıca masjidining bosh gumbazi Turkiyaning Istanbul shahrida yashovchi 72 millatni, 34 metrli gumbaz Istanbul shahrini ifodalaydi (34 – shaharda harakatlanuvchi avtomobillar raqami)„Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah. 8 October 2019. Retrieved 20 April 2020.. Asosiy gumbazning kengligi 3,12 metr, balandligi 7,77 metr, ogʻirligi 4,5 tonnani tashkil qiladi. Masjid darvozalari dunyodagi eng katta darvozalar hisoblanadi, asosiy darvozaning uzunligi 5 metr, balandligi 6,5 metr, ogʻirligi 6 tonna.

Dunyodagi eng katta masjid – Çamlıca masjidiga nanotexnologiya yordamida rang berilgan„Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah. 8 October 2019. Retrieved 20 April 2020..

Minoralari thumb| Çamlıca masjidining olti minorasidan ikkitasining balandligi 107,1 metr. Masjidning turistlar tomonidan yer sathida olingan surati Çamlıca masjidining oltita minorasi mavjud. Olti minoradan toʻrttasida 1071-yilda Saljuqiylarning Malazgirt jangidagi gʻalabasini ifodalovchi balandligi 107,1 metr boʻlgan uchta balkon mavjud„Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah. 8 October 2019. Retrieved 20 April 2020.. Qolgan ikkita minora ikkita balkonga ega boʻlib, balandligi 90 metrni tashkil qiladi. Minoralarning toʻrttasi markaziy gumbaz atrofida, qolgan ikkitasi esa masjidning tashqi burchaklarida joylashgan.

Ichki koʻrinishi Masjidning ichki qismi sodda uslubda yaratilgan. Masjid Qurilish assotsiatsiyasi prezidenti Ergin Külünk masjidga tashrif buyuruvchilar bu yerdan maʼnaviy ozuqa olishlari maqsadida dizaynerlar binoning ichki dizaynini ishlab chiqishda yorugʻlik, rang, shisha, bezak va xattotlikdan foydalanganligini aytib oʻtgan.

Majmua Çamlıca masjidida muzey, 3500 ta mashinaga moʻljallangan yerosti avtoturargohi, sanʼat galereyasi, kutubxona, konferensiya zali va bolalar bogʻchasi mavjud. Sanʼat galereyasi 3500 kvadrat metrni, kutubxona esa 3000 kvadrat metrni egallaydi„Çamlıca Mosque: The most modern complex of its kind in Turkey“. Daily Sabah. 8 October 2019. Retrieved 20 April 2020.. Konferensiya zali 1071 kishiga moʻljallangan. Masjidda sakkizta sanʼat ustaxonasi mavjud.

2022-yilning aprel oyida masjid majmuasi tarkibida yangi Islom sivilizatsiyalari muzeyi ochilgan.

Masjid qurilishida ayol dizaynerlarning oʻrni Çamlıca masjidining dizayni ikki ayol meʼmor Bahar Mızrak va Hayriye Gül Totu tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, meʼmorlar ayollar ham bemalol foydala oladigan masjid qurishni rejalashtirishgan. Qurilish rejasida ayollar uchun namozdan oldin tahorat olishlari uchun alohida joy, namozxonalarga olib boruvchi alohida lift va bolalar bogʻchasi mavjud. Ayollar uchun alohida namozxona masjidning markaziy zalida joylashgan boʻlib, 600 nafargacha namozxonga moʻljallangan. Bolalar bogʻchasida oʻyin maydonchasi va avtoturargoh mavjud. Arxitektorlar Çamlıca masjidini ayollarga mos qilib loyihalash orqali masjidga ayollardan koʻra koʻproq erkaklar tashrif buyuradigan anʼanani oʻzgartirishga harakat qilganliklarini taʼkidlaydilar.

Dafn marosimlari Masjidga olomonni jalb qilgan birinchi diqqatga sazovor marosim 2019-yil 6-may kuni Kadir Mısıroğluning dafn marosimi boʻlgan.

Munozara 2010-yillarning ikkinchi yarmida Adolat va Taraqqiyot partiyasi tomonidan boshlangan bir qancha megaloyihalardan biri sifatida Çamlıca masjidi doimiy ravishda jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻlgan.

Kurdlarning Rudaw Media Network vakili Namo Abdulla masjidning qurilishi Turkiyadagi dunyoviylik tamoyiliga zid ekanligini daʼvo qilgan.

Galereya

Yana qarang

Ayasofya Sulton Ahmad masjidi Mimar Sinon masjidi Shakirin masjidi, zamonaviy davrda ayollar tomonidan yaratilgan birinchi masjid Istanbuldagi masjidlar roʻyxati Turkiyadagi masjidlar ro'yxati Eng katta masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:21-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi Usmoniylar masjidlari