Olimjon ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.
Joylashuvi va faoliyati Olimjon ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Akmal Ikromov qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Uchqun mahalla fuqarolar yigʻini Nozim koʻchasida joylashgan. Mazkur masjidga Akmal Ikromov qishloq fuqarolar yigʻini, Uchqun mahalla fuqarolar yigʻini, Nozim mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻazalkent mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Islomobod mahalla fuqarolar yigʻini, Sayram mahalla fuqarolar yigʻini, Yorqin oy mahalla fuqarolar yigʻini, Baxt mahalla fuqarolar yigʻini, Yutuq mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Farrux domla Kurganov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.50 gektar joyda 650 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan.
Tarixi Olimjon ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 15-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar