thumb|Taʼlim darajasi bir xil boʻlgan erkaklar va ayollar oʻrtasidagi daromad farqlarini koʻrsatadigan diagramma (AQSh 2006-yil) Shisha shift — odatda marginallashgan jinsdagi odamlarga nisbatan qoʻllanadigan metafora boʻlib, ezilgan demografiyaning iyerarxiyasida maʼlum darajadan oshib ketishiga toʻsqinlik qiladigan koʻrinmas toʻsiqni ifodalash uchun ishlatiladiFederal Glass Ceiling Commission. Solid Investments: Making Full Use of the Nation's Human Capital. Washington, D.C.: U.S. Department of Labor, November 1995, p. 13-15.. Shisha shift garchi koʻrinmas toʻsiqni ifodalangan boʻlsa-da, aslida u yengish qiyin boʻlgan holatdir. Bu metafora birinchi marta feministlar tomonidan yuqori natijalarga erishgan ayollarning martabaga erishishlarida toʻsiqqa uchrash holatlariga nisbatan ishlatilgan. Uni 1978-yilda Merilin Loden nutqi chogʻida qoʻllagan.
Qoʻshma Shtatlarda bu tushuncha baʼzan irqiy tengsizlikka nisbatan ham qoʻllanadi. Koʻpchilik oq tanlilar yashaydigan mamlakatlardagi ayollar koʻpincha „shisha shiftini sindirish“da katta qiyinchiliklarga duch kelishadi. Chunki ular tarixiy jihatdan hamisha chetga surilgan ikkita guruhning kesishmasida azob chekishadi: ayollar va qora tanli odamlarning kamsitilishi"Demarginalising the Intersection of Race and Sex: A Black Feminist Critique of Anti-discrimination Doctrine, Feminist Theory, and Anti-racist Politics" by Kimberlé Crenshaw in Framing Intersectionality, edited by Helma Lutz et al. (Ashgate, 2011). . Sharqiy Osiyo va Sharqiy Osiyo Amerikasi axborot agentliklari „bambuk shift“ atamasini barcha Sharqiy osiyolik amerikaliklar oʻz martabalarini oshirish vaqtida duch keladigan toʻsiqlarni ifodalash qilish uchun qoʻllaydilar. Xuddi shunday, qochqinlar va boshpana izlovchilar daromadli ish qidirishda duch keladigan koʻplab toʻsiqlarni „kanvas shifti“ deb ataydilar.
Ish joyidagi uchraydigan holatlarga doir boshqa atamalarning bir xil tushunchalari orasida ayollar va ularning tashkilotlardagi roli hamda ularning onalik majburiyatlari bilan oʻzaro nomutanosib boʻlgan cheklovlar va toʻsiqlarga uchrashi haqidagi oʻxshash atamalar mavjud. Ushbu „Koʻrinmas toʻsiqlar“ ayollar boshdan kechiradigan qoʻshimcha vaziyatlarni tasvirlash uchun metafora vazifasini bajaradi. Odatda bunday holatlar oʻz sohalari boʻyicha yuqori martabaga erishganlarida va koʻpincha ish joylaridan tashqaridagi oʻz hayotlarida yuqori oʻrinlarga koʻtarilishga harakat qilganlarida yuz beradi.
„Shisha shift“ ayollarning iyerarxik korporatsiya tepasiga koʻtarilishini taqiqlovchi blokadani anglatadi. Bu ayollarning koʻtarilishlari, ayniqsa korporatsiyalaridagi rahbarlik lavozimlariga erishishlariga toʻsqinlik qiladi. Oxirgi yigirma yil ichida turli soha va tashkilotlarda faoliyat yuritgan va oʻz oʻrniga ega boʻlgan xotin-qizlarning rahbarlik lavozimiga koʻtarilish holatlari kamdan-kam yuz bergan.
Taʼrifi Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal Shisha Shift Komissiyasi (Federal Glass Ceiling Commission) (1991-1996) shisha shiftni „ayollarning malakasi yoki yutuqlaridan qatʼi nazar, korporativ zinapoyaning yuqori pogʻonalariga koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaydigan koʻrinmas, ammo buzib boʻlmaydigan toʻsiq“ deb taʼriflagan.
David Cotter va boshqalar. (2001) shisha shiftning mavjudligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun namoyon boʻlishi kerak boʻlgan toʻrtta oʻziga xos xususiyatni aniqladilar. Shisha shiftdagi tengsizlik quyidagilarni ifodalaydi:
Xodimning ish faoliyati bilan bogʻliq xususiyatlari bilan izohlanmaydigan jins yoki irqiy farq. Natijaning yuqori darajalarida natijaning past darajalariga qaraganda koʻproq boʻlgan jins yoki irqiy farq. Yuqori darajalarga koʻtarilish imkoniyatlaridagi gender yoki irqiy tengsizlik. Karyera davomida ortib borayotgan gender yoki irqiy tengsizlik.
Cotter va uning hamkasblari shisha shift holati odatda jinsning qandayligi bilan aloqador boʻlish holatlari koʻpligini aniqladilar, kamdan-kam oq tanli ayollar shisha shift holatiga duch kelib, uni yengishga urinishadi. Ammo, tadqiqotchilar afro-amerikalik erkaklar uchun shisha shift holatlariga misollar topa olmaganlar.
Shisha shiftdagi metafora koʻpincha koʻrinmas toʻsiqlarni („shisha“) tasvirlash uchun ishlatilgan, ular orqali ayollar elita pozitsiyalarini koʻrishlari mumkin. Bu toʻsiqlar koʻp sonli ayollar va etnik irqchilikka uchragan ozchilik erkaklarning obroʻli va yuqori daromad keltiruvchi ish oʻrinlariga ega boʻlishlariga toʻsqinlik qiladiHesse-Biber and Carter 2005, p. 77.. Bundan tashqari, bu taʼsir ayollarning yuqori lavozimlarni egallashiga ham toʻsqinlik qiladi va ularni koʻtarilish pillapoyalarida potentsial nomzodlar sifatida belgilanishlariga yoʻl qoʻymaydiNevill, Ginny, Alice Pennicott, Joanna Williams, and Ann Worrall. Women in the Workforce: The Effect of Demographic Changes in the 1990s. London: The Industrial Society, 1990, p. 39, ..
Tarixi 1839-yilda fransuz feministi va yozuvchisi George Sand ham xuddi shunday iborani ishlatgan: une voûte de cristal impénétrable. Gabriel (Jabroil) ning hech qachon ijro etilmagan pyesasida: „Men ayol edim, shu sabab birdan qanotlarimdan ayrildim, boshim atrofida oʻtib boʻlmaydigan billur ombor kabi toʻsiq paydo boʻldi va men yiqildim …“ degan soʻzlari boʻlgan. Qahramonning qanotlari bilan uchish orzusi tasvirlangan holat, oʻzining qabul qilingan rolidan yuqoriga koʻtarilishga harakat qilayotgan ayolning Ikar haqidagi ertagikabi talqin qilingan.
Merilyn Loden 1978-yilda nutq soʻzlaganida shisha shift iborasini qoʻllagan.
The Wall Street Journalning 2015-yil 3-apreldagi soniga koʻra, shisha shift atamasi 1979-yilda Hewlett-Packard kompaniyasida faoliyat yurituvchi Maryanne Schriber va Katherine Lawrence tomonidan qoʻllangan. Lawrence bu konseptsiyani Milliy matbuot klubida Vashingtondagi Ayollar matbuot erkinligi institutining milliy yigʻilishida bayon qilgan. Shift kamsituvchi targʻibot namunalari sifatida belgilangan boʻlib, garchi bu oʻrinda yozma reklamalarda ayollar kamsitilmagan boʻlsa ham, amalda malakali ayollarga yuqori martabaga koʻtarilishlariga yoʻl qoʻyilmagan.
Keyinchalik bu atama 1984-yil mart oyida Gay Bryant tomonidan qoʻllangan boʻlib, u shisha shift konsepsiyasini ommalashtirish bilan shugʻullangan. U Working Woman jurnalining sobiq muharriri edi va Family Circle muharriri boʻlish uchun ish joyini oʻzgartirgan. Nora Frenkel tomonidan yozilgan Adweek maqolasida Bryant shunday degan edi:„Ayollar maʼlum bir nuqtaga yetib kelishadi va yuqori mansabga koʻtarila olishmaydi – men bu holatni shisha shift deb atayman. Ular oʻrta boshqaruvning yuqori qismiga yetib borishadi va ular yuqorilishda toʻxtab, rivojlana olmay qolishadi. Yuqori martabadagi barcha ayollar uchun oʻrin yetarli emas. Baʼzilari oʻzlari alohida biznes bilan shugʻullanadilar, boshqalari esa ishdan chiqib, oila bilan band boʻlishadi“. Shuningdek, 1984-yilda Brayant ushbu atamani „The Working Woman Report: Succeeding in Business in the 1980s (Mehnatkash ayol hisoboti: 1980-yillarda biznesda muvaffaqiyat)“ kitobida qoʻllagan. Xuddi shu kitobda Basia Hellwig bu atamani boshqa bir bobda qoʻllagan.
1986-yil mart oyida Wall Street Journal jurnalida chop etilgan maqolada ushbu atama maqolaning sarlavhasida ishlatilgan: „The Glass Ceiling: Why Women Canʼt Seem to Break The Invisible Barrier That Blocks Them From the Top Jobs (Shisha shift: Nima uchun ayollar ularni eng yuqori lavozimlardan toʻsib qoʻyadigan koʻrinmas toʻsiqni buzolmaydilar)“. Maqola Carol Hymowitz va Timothy D. Schellhardt tomonidan yozilgan. Hymowitz va Schellhardt shisha shiftni „hech qanday korporativ qoʻllanmada topib boʻlmaydigan termin, hatto biznes uchrashuvida muhokama qiladigan holat emas; u dastlab koʻrinmas, yashirin va soʻzsiz hodisa sifatida taqdim etilgan. U rahbarlik darajasi singari yuqori lavozimlarni Kavkaz erkaklari qoʻlida ushlab turish uchun mavjud boʻlgan.“
„Shisha shift“ atamasi keng tarqala borgani sari jamoatchilik unga turli fikr va qarashlar bilan javob qaytardi. Baʼzilarning taʼkidlashicha, bu konsepsiya afsona hisoblanadi, chunki ayollar uyda yumushlari bilan band boʻlishni afzal koʻradilar va rahbarlik lavozimlariga koʻtarilish uchun erkakalardek fidoyilik koʻrsatmaydilar. Ommaviy muhokamalar natijasida AQSh Mehnat Departamenti boshligʻi Lyn Morley Martin rahbarlik lavozimlarida ayollar va qora tanlilarning sonini oʻrganish uchun tuzilgan „Shishali shift tashabbusi“ nomli tadqiqot loyihasi natijalarini maʼlum qildi. Ushbu hisobot yangi atamani „malakali shaxslarning oʻz tashkilotida yuqori lavozimlarga koʻtarilishiga toʻsqinlik qiluvchi munosabat yoki tashkiliy tarafkashlikka asoslangan sunʼiy toʻsiqlar“ deb taʼriflagan.
1991-yilgi Fuqarolik huquqi toʻgʻrisidagi qonunning II sarlavhasining bir qismi sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Shisha shift holatlari boʻyicha komissiya tuzdi. Ushbu 21 aʼzodan iborat Prezident komissiyasiga Mehnat vaziri Robert Reich raislik qilgan. Komissiya keng qamrovli tadqiqotlar oʻtkazdi, jumladan, soʻrovlar, jamoatchilik tekshiruvlari va intervyular hamda ularning natijalarini 1995-yilgi hisobotda eʼlon qildi. „Biznes uchun yaxshi“ hisobotida „bu toʻsiqlarni qanday yengib oʻtish va bartaraf etish boʻyicha aniq koʻrsatmalar va yechimlar“ taklif qilindi. Komissiyaning maqsadi, xususan, biznes olamida shisha shiftni qanday qilib „parchalash“ boʻyicha tavsiyalar berishdan iborat edi. Hisobotda tashkilotlardagi xilma-xillikni oshirish va siyosat orqali kamsitishlarni kamaytirish yordamida ish joyini yaxshilash boʻyicha 12 ta tavsiya berilgan.
1995-yildan 2015-yilgacha ayollarning ish kuchi ishtiroki darajasi global miqyosda 52,4% dan 49,6% gacha kamayganiga qaramay, Fortune Roʻyxatlaridagi ayol bosh direktorlar soni 1998—2020-yillar oraligʻida koʻpayganligi etirof etilgan. 2014-yilda S&P 500 kengashi oʻrinlarining atigi 19,2 foizini ayollar egallagan, ularning 80,2 foizi oq tanlilardir.
Shisha shift indeksi 2017-yilda The Economist oliy taʼlim, ishchi kuchi ishtiroki, ish haqi, bola parvarishi xarajatlari, onalik va otalik huquqlari, biznes-maktablarga berilgan arizalar hamda yuqori lavozimdagi vakilliklar haqidagi maʼlumotlarni birlashtirgan holda Shisha shift indeksini yangidan nashr etdi. Tengsizlik eng past boʻlgan mamlakatlar qatoriga Islandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya va Polsha kabilar kiradi.
Gender stereotiplari thumb|2001-yil Gallup Poll: Erkaklar tajovuzkorroq, ayollar esa koʻproq hissiyotga beriluvchan deb qabul qilingan. 1993-yilda AQSh armiyasining Xulq-atvor va ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan eʼlon qilingan hisobotda tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ayollar erkaklarnikiga oʻxshash taʼlim imkoniyatlariga ega boʻlsalar ham, tizimli toʻsiqlar, past vakillik, harakatchanlik va stereotiplar tufayli Shisha shift holatlariga duch keladilar. Jinsiy stereotiplarning davom etishi ayol xodimlarning tanlagan sohalarida foydali imkoniyatlarga ega boʻlishlariga muntazam ravishda toʻsqinlik qilishining keng tarqalgan sabablaridan biridir. Amerikaliklarning aksariyati ayollarni koʻproq hissiyotga beriluvchan, erkaklarni esa tajovuzkor deb bilishadi. Gender stereotiplari rahbarning ish beruvchilar tomonidan qanday tanlanishi va turli jinsdagi ishchilarga qanday munosabatda boʻlishiga taʼsir qiladi. Ish joylarida ayollarga nisbatan yana bir stereotip „gender maqomiga boʻlgan eʼtiqod“ sifatida tanilgan boʻlib, erkaklar ayollarga qaraganda koʻproq malakaga egaligi va aqlliroqligini daʼvo qilishadi, bu ularning martaba iyerarxiyasida nima uchun yuqori lavozimlarga koʻtarilayotganligini tushuntiradi. Oxir oqibat, bu omil mehnat bozorida jinsga asoslangan ish oʻrinlarini tashkil etishga sabab boʻladi, shuning uchun erkaklar maʼlum sohalarda ayollarga qaraganda malakaliroq boʻlishi va yuqori lavozimlarga yollanishi kutiladi. Qabul qilingan ayollik stereotiplari ishxonalarda ayollar duch keladigan shisha shift toʻsiqlariga yanada koʻproq hissa qoʻshadi.