Sayid Yusuf Halim (1959—2022-yil 17-oktyabr) afgʻon qozisi. U 2015-yildan 2021-yilgacha Afg‘onistonning bosh sudyasi bo‘lgan.
U 1959-yilda Nangaxar viloyatida tugʻilgan. 1985-yildan Adliya vazirligida ishlagan. 2009-yilda adliya vazirining maʼmuriy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, 2010-2014-yillar oraligʻida esa adliya vazirining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Sayid Yusuf Halim 2014-yilda prezident Hamid Karzay tomonidan Adliya vaziri vazifasini bajaruvchi, keyin esa 2015-yil 27-iyulda prezident Ashraf G‘ani tomonidan Bosh sudya etib tayinlangan.
U 2021-yil avgustida Tolibon hujumidan soʻng quvgʻinga uchragan.
Sayid Yusuf shom namozini o‘qish uchun masjidga kirgan vaqtida, Abu-Dabidagi Amirliklarning gumanitar shahrida yurak xurujidan vafot etadi.
Manbalar
Turkum:Afgʻonistonlik siyosatchilar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Afgʻonistonlik musulmonlar Turkum:Afgʻon sudyalari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar