Imomi Abu Yusuf jome masjidi – Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan masjid. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1999-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Qurilishi Imomi Abu Yusuf jome masjidining binosi 1926-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. Masjid binosi „Qadim“ nomli qabriston bilan tutash. Binoda bir vaqtning oʻzida 1000 nafarga yaqin inson namoz oʻqishi mumkin. Masjid kutubxonasi tarkibida 400 ta kitob mavjud.

Manbalar

Turkum:Asaka tumanidagi masjidlar