Tundra kakligi () – qirgʻovullar oilasining qurqurlar turkumiga mansub qush. Tashqi koʻrinishi thumb|190px|left|Alp togʻlaridagi nar va modaRisunok iz knigi: Naumann J. F. Naturgeschichte der Vögel Mitteleuropas. – 1905. (Yestestvennaya istoriya ptits Sredney Yevropi.) Oq kaklikdan biroz kichikroq. Tana uzunligi taxminan 35 sm, vazni esa 430-880 g.
Tundra kakligi, oq kaklik kabi, mavsumiy dimorfizmi bilan ajralib turadi.
Qishda patlari oq, quyruq patlari qora tusda boʻladi, narining tumshugʻi tagida qora chiziq esa bundan mustasno.
Yozgi patlari, oqdan tashqari, rang-barang – kulrang-jigarrang, mayda qora nuqta va chiziqli tusga kiradi. Bu qushlarga yaxshi kamuflyaj qilish imkonini beradi. Ammo patlari yashaydigan hududiga qarab oʻzgarib boradi. Tarqalishi Tundraning quruq tepaliklarida va Shimoliy yarim shar togʻlarining alp kamarida, shu jumladan Pireney va Alp togʻlarida, Shotlandiyaning togʻli qismida, Skandinaviya, Islandiya, Grenlandiya, Shimoliy Amerika, Shimoliy Osiyo (Oltoy, Xangay) va Markaziy Yaponiya togʻlarida uchraydi.
thumb|200px|right|Shimoliy Amerika togʻlarida nar va moda tundra kakliklari thumb|200px|right|Yozgi patli urgʻochi (Sør-Kvaløy oroli, Norvegiya) Qor chizigʻiga yaqin va butalar bilan qoplanganmagan ochiq toshloq yerlarni afzal koʻradi. Islandiya va Grenlandiyada tuxum bosish davrida oziqlanish uchun pastroqqa tushadi. Oziqlanishi Qishda migratsiyani amalga oshiradi. Oʻsimlik ozuqalari – urugʻlar, kurtaklar va rezavorlar bilan, joʻjalari esa hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpayishi Tundra kakligi monogam qush. Urgʻochisi yerdagi butalar orasida in quradi, ichida toʻq dogʻli 12-20 dona sariq-qizil tuxum qoʻyadi va 24-26 kun davomida narining yordamisiz yolgʻiz oʻzi bosadi. Odamlar va kakliklar Qushning goʻshti juda mazali deb hisoblanadi, ammo uning tijorat qiymati past. Taxminlarga koʻra, tundra kakligi Goratsiyning II.2 satirasida tilga olinadiHorace. Satires: A Selection / Introduction, notes and vocabulary by John Godwin. – Bloomsbury Publishing, 2018. – P. 68..
Tundra kakligi Kanadadagi Nunavut hududining rasmiy qushi (ramzi) hisoblanadiQarang::en:List of national birds. AQShning Alyaskadagi Chicken qishlogʻi ushbu qushning joʻjalari sharafiga shunday nomlangan. Yaponiyada bu qush „tabiiy meros“ (qoʻriqlanadigan joy) va Gifu, Nagano va Toyama prefekturalarining qush ramzi sifatida tanlangan. Xonsyu togʻlarida u deb ataladi. Afsonaga koʻra, u odamlarni va ularning uylarini olov va momaqaldiroqdan himoya qiladi. Kenja turlari Xalqaro ornitologlar ittifoqi tundra kakligining 23 kenja turini tan oladi:
Komandor tundra kekikligi (Lagopus muta ridgwayi) Rossiyaning „Tabiiy muhitdagi holatiga alohida eʼtibor berishni talab qiladigan fauna obyektlari roʻyxati“ ga kiritilganUtverjden prikazom Goskomekologii Rossii ot 12.05.98 № 290..
Manbalar
Havolalar