Roʻzimboy Normatov yoki Qalandar baxshi (1951-yil 15-iyun, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2024-yil 29-fevral, Oʻzbekiston) – Oʻzbekiston xalq baxshisi. Xorazm baxshichilik va dostonchilik maktabi namoyandalaridan biri. Mehnat shuhrati ordeni va O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvoni sohibi (2001-yil).
Biografiyasi Roʻzimboy Normatov 1951-yil 15-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tavallud topgan. 1990-yil Toshkent davlat madaniyat instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ni tamomlagan. Koʻp yillar davomida Avazxon folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbarlik qilib kelgan. 2001-yilda baxshichilik sohasidagi mehnatlari uchun Oʻzbekiston Xalq baxshisi unvoni bilan taqdirlangan.
Qalandar baxshi 2024-yil 29-fevral kuni 73 yoshida vafot etgan.
Mukofotlari Oʻzbekiston Xalq baxshisi unvoni (2001) Mehnat shuhrati ordeni
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari