Duygu Alıcı (2001-yil 14-yanvarda tugʻilgan) – 55 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan turkiyalik ogʻir atletikachi.
Sportdagi faoliyati Alıcı oʻn ikki yoshida oʻrta maktabda sanʼat ustozining daldasi bilan ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan.
Oʻz mamlakatida bir qancha musobaqalarda gʻolib chiqqan, jumladan, maktablararo chempionatda birinchi oʻrin, U15 va U17 divizionlarida birinchi oʻrinlar va 55 vazn toifasida „Clean & Jerk“ musobaqasida yoshlar rekordini yangilagan. Bosniya va Gertsegovinada chempion. 2022-yilda ogʻir atletika boʻyicha Turkiya chempionatida 55 kg toifasida ishtirok etgan va dast koʻtarishda 80 kg, siltab koʻtarishda esa 105 kg lik natijani qayd etgan.
2024-yil Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida 55 kg vazn toifasidagi dast koʻtarishda 85 kg va siltab koʻtarishda 105 kg natija bilan ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. 55 kg vazn toifasida dast koʻtarishda 85 kg bilan oʻzining rekordini yangilagan.
Shaxsiy hayoti Duygu Alici 2001-yil 14-yanvarda Turkiyaning Gaziantep shahrida tugʻilgan. Uning egizai Duygu va ikki yoshli singlisi Züleyxa bor, u ham ogʻir atletika bilan shugʻullanadi.
Alıcı Istanbul taraqqiyot universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetining Sport menejmenti talabasiref name="besyo"/>.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik oʻgʻir atletikachi