Marcel Adams (1920-yil 2-avgust — 2020-yil 11-avgust) — kanadalik koʻchmas mulk investori, milliarderForbes: The World’s Billionaires — Marcel Adams April 2017.
Ish faoliyati Marcel Abramovich (keyinchalik Adams) 1920-yilda Ruminiyaning yahudiy oilalaridan birida tavallud topganForbes: The World’s Billionaires — Marcel Adams April 2017. Otasi koʻnchi boʻlganThe Press Reader: „Billionaire Marcel Adams Cultivates Israeli Brainpower“ May 2, 2010. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlarning mehnat lagerlarida ishlashga majbur boʻlgan (1941—1944)Financial Post: „93-year-old Canadian real estate mogul makes Forbes billionaires list for first time“ by Nicolas Van Praet March 4, 2013. Avval Turkiyada, keyin esa Falastinda Isroil mustaqilligi uchun kurashgan. 1951-yilda Kanadaga koʻchib kelgan va Quebec shahridagi koʻnchilik zavodida ishlagan. 1955-yilda binolar barpo qilishni boshlagan va birinchi qurilishdayoq 70% foyda koʻrgan. Shundan keyin koʻchmas mulkka sarmoya kirita boshlagan. 1958-yilda Iberville Developments kompaniyasiga asos solgan va 1959-yilda oʻzining birinchi savdo markazini ochgan. Adams nafaqaga chiqqandan keyin, oʻgʻli Sylvan Adams kompaniyani 25 yil davomida boshqargan. Meros uning oʻgʻli Joshga oʻtganImmobilier Commercial" „SYLVAN ADAMS en tête de peloton“ volume 7 — numéro 6 — December 7, 2014. 2017-yil holatiga koʻra, Iberville sakkiz million kvadrat futdan iborat yuzdan ortiq mulkga egalik qiladi va boshqaradi.
Shaxsiy hayoti Marcel Adams 1953-yilda Annie Adamsga uylangan. Toʻrtta farzandi boʻlgan: Julian, Sylvan, Linda va Leora. Oʻgʻli Julian — biokimyogar. Linda — advokat, Leora esa hamshira. Annie 1997-yil noyabr oyida olamdan oʻtgan. Marcel 2020-yil 11-avgustda avgustda vafot etgan. Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanadada tugʻilganlar
Manbalar