„Turkiston“ XATB — xususiy aksiyadorlik tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistonda bankrot sifatida tugatilgan banklardan biri. 2023-yil 15-fevraldagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topilgan.
Tarixi Turkistonbank 1998-yilda transport sohasi tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoq banki sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik universal bank sifatida faoliyatini kengaytirgan.
2019-yil may oyida bank rebrendingni amalga oshirdi.
2021-yil 2-noyabr — bankning Chorsu bank xizmatlari markazi oʻz faoliyatini boshladi. BXM manzili: Toshkent shahri, Shahxontohur tumani, Chorsu bozori.
2021-yil 17-dekabr — Toshkent RFB bank kapitalizatsiyasini 117,49 mlrd soʻmga baholab, Oʻzbekistonning 17 ta bankidan 16-oʻrinda ekanligini qayd etdi.
2022-yil 1-fevral kuni eʼlon qilingan S&P Global Ratings hisobotida bank kredit portfelining qariyb 70 foizini muammoli kreditlar tashkil etishini bildirib, kelgusi 12-18 oyda bank likvidligi yanada taqchillashsa, bankning defolt boʻlish xavfi aniq boʻlishi keltirilgan.
2022-yil fevral oyi oxirida bank milliy va xorijiy valyutada noodatiy jozibador takliflari bilan chiqqan. Bu taklif mutaxassislar tomonidan bank likvidligi taqchilligini oldini olish choralaridan biri sifatida koʻrilgan. Biroq bank tomonidan bu iddaolar rad etilgan.
2022-yil 1-aprelda bank Boshqaruv raisi Avaz Muhitdinov lavozimidan ozod qilindi.
2022-yil 7-oktyabrdagi Markaziy bank boshqaruvining 22/1-sonli qaroriga asosan, „Turkiston“ XATBdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingan. Bunga asos sifatida „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi qonunning 54 va 77-moddalaridagi qoidabuzarliklar keltirib oʻtilgan.
2022-yil oktyabr oyi holatiga koʻra, Oʻzbekiston bank tizimida aktivlari boʻyicha 26-oʻrinni egallagan.
2022-yil noyabr oyida bankning bir guruh omonatchilaridan pul mablagʻlari subordinar qarz sifatida jalb qilingani, natijada 59 nafar bank mijozining 57 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻi qoplab berilmasligi maʼlum boʻldi. 2023-yil 17-aprelda chiqqan sud qarori bilan 18 nafar fuqaroning 29 milliard soʻmlik mablagʻi omonat deb tan olingan.
2022-yil 21-noyabrdan boshlab Turkistonbankka omonat qoʻygan fuqarolarning pul mablagʻlari agent-bank sifatida tanlangan Qishloq qurilish bank tomonidan qaytarila boshlandi.
2023-yil 15-fevraldagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan bankrot deb topildi. Turkistonbankning 368 milliard soʻm atrofidagi aholidan qarzdorligi davlat hisobidan qaytarilgan.
Bank infratuzilmalari geografiyasi Bankning bosh ofisi, toʻlov markazi, Yunusobod filiali hamda Chorsu bank xizmatlari markazi faoliyat yuritgan.
Korporativ boshqaruvi Bank tugatilayotgan paytda Muhiddin Jumagaldiyev bank Boshqaruvi raisi, Saʼdulla Tolipov hamda Shovkat Toshmuxamedov Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari sifatida faoliyat yuritgan.
Moliyaviy koʻrsatkichlari
Turkistonbank 2022-yil yarim yillikni 22,9 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagan.
Bankning tugatilishigacha boʻlgan 6 chorakdagi moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida quyidagi jadvalda maʼlumot berilgan: +Moliyaviy koʻrsatkichlari (mlrd soʻmda) Yillar 2021-yil 1-chorak 2021-yil 1-yarim yillik 2021-yil 3-chorak 2021-yil 2022-yil 1-chorak 2022-yil 1-yarim yillik Aktivlari 1 014 1 135 1 150 1 164 1 208 1 190 Majburiyatlari 703 686 697 686 696 652 Kapitali 111 159 160 160 140 138 Depozitlari 790 884 875 886 889 933 Sof foydasi −46,69 (30-oʻrin) 1,1 (26-oʻrin) 2,1 (26-oʻrin) 2,4 (27-oʻrin) −20,00 (31-oʻrin) −22,9 (32-oʻrin)
Manbalar
Turkum:Toshkent iqtisodiyoti Turkum:Toshkentdagi kompaniyalar