Oltin Dziga () — Ukraina kinosini rivojlantirishdagi professional yutuqlari uchun beriladigan Ukraina milliy kino mukofoti. 2017-yilda Ukraina kino akademiyasi tomonidan tashkil etilgan, birinchi taqdirlash marosimi 2017-yilning 20-aprelida „Fairmont Grand Hotel Kyiv“da boʻlib oʻtganLіlіya Zіnchenko. Ogolosheno peremojsіv ukraїnskoї kіnopremії „Zolota dziґa“. Detektor medіa. 20.04.2017. Protsitovano 21.04.2017..

Filmlarni tanlash va gʻoliblarni aniqlash Birinchi Milliy kinomukofot uchun filmlarni qabul qilish 2017-yilning 20-fevralidan 20-martigacha davom etgan. 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha premerasi boʻlgan filmlar saralash jarayonida ishtirok etish uchun qabul qilingan. Birinchi Milliy kino mukofoti uchun tanlovda ishtirok etgan filmlarning toʻliq roʻyxati (longlist) 54 ta filmdan iborat boʻlgan: ulardan 12 tasi toʻliq metrajli badiiy filmlar, 15 tasi qisqa metrajli badiiy filmlar, 19 tasi hujjatli, 8 ta animatsion filmlar. Kinomukofotda jami 76 ta film taqdim etilganNatsіonalna Kіnopremіya: ogolosheno longlist nomіnantіv na ofіsіynomu saytі Natsіonalnoї kіnoakademії. Protsitovano 06.04.2017. ⁣

Birinchi Milliy kino mukofot gʻoliblari Kino akademiyasining barcha aʼzolari tomonidan uch bosqichli ovoz berish yoʻli bilan saralanib olingan. Bugungi kunda, Kino mukofot gʻoliblari Ukraina kino akademiyasi aʼzolarining ikki bosqichli ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

2017-yil 3-aprel kuni Kinoakademiya kengashi Birinchi Milliy kinomukofot uchun 17 nafar nomzoddan iborat qisqa roʻyxatni (shortlist) eʼlon qilganNomіnanti na ofіsіynomu saytі Ukraїnskoї kіnoakademії. Protsitovano 06.04.2017.

Mukofotlash Oltin Dziga mukofoti quyidagi 22 nominatsiya boʻyicha gʻoliblarga beriladi (2020-yil)Ukraїnskiy „Oskar“ otrimav fіlm „Moї dumki tixі“ lviv.ua 04.05.2020:

Eng yaxshi film Eng yaxshi rejissyor (Yuriy Ilyenko mukofoti) Eng yaxshi bosh rol ijrochisi Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa Eng yaxshi kinematograf Eng yaxshi ssenografiya Eng yaxshi ssenariy Eng yaxshi bastakor Eng yaxshi hujjatli film Eng yaxshi animatsion film Eng yaxshi qisqa metrajli film Eng yaxshi vizajist (2018 yildan beri) Eng yaxshi kostyum dizayneri (2018-yildan buyon) Eng yaxshi ovoz rejissyori (2018-yildan buyon) Eng yaxshi qoʻshiq (Artist Awards) (2019-yildan buyon) Eng yaxshi vizual effektlar uchun mukofot Eng yaxshi tahrir (mukofot 2019-yildan buyonberiladi) Yil kashfiyoti Ukraina kinematografiyasining rivojlanishiga qoʻshgan hissasi Tomoshabinlar mukofoti (2018-yildan buyon beriladigan mukofot)

Timsol Milliy kinomukofotning asosiy ramzi — „Oltin Dziga“ haykalchasi boʻlib, u Ukraina kinosining tez va tinimsiz rivojlanishini anglatadi (ukraincha: дзиґа— oʻzbekcha: yula)V Ukraїnі stvoreno Natsіonalnu kіnoakademіyu ta kіnopremіyu „Zolota dziґa“ // DM, 20 lyutogo 2017. Bundan tashqari, nom taniqli kinematograf Dziga Vertovning ijodiy merosini ham oʻzida namoyon etadi va unga nisbatan cheksiz hurmatni ifodalaydiV Ukraїnі stvoreno Natsіonalnu kіnoakademіyu ta kіnopremіyu „Zolota dziґa“ // DM, 20 lyutogo 2017. Dziga Vertov — David Abelovich Kaufmanning taxallusidir. D. A. Kaufman, 1896-yilda Belystokda tugʻilgan, 1954-yilda Moskvada vafot etgan. U kashshof va mashhur kinodokumentalistga aylangan, uning 1929-yilda suratga olingan „Kinokamerali odam“ filmi Britaniyaning „Sight & Sound“ jurnali tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi hujjatli filmi sifatida eʼtirof etilgan.

Mukofot nomi muallifi Media Group Ukraina strategik marketing direktori Olga Zaxarova hisoblanadi.

Haykalcha ukrainalik rassom Nazar Bilik tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u „Oltin Dziga“ ni quyidagicha taʼriflagan: „Kompozitsiyaning asosiy elementi plyonkadan yasalgan ramka va dinamik ravishda aylanadigan oltin toʻrtburchak shakl oʻzida kinematografiyani ifodalaydi. Shakliga koʻra, haykalcha boʻron, olov, oʻt singari timsollarga oʻxshaydi. Bularning barchasi milliy kinoning rivojlanishi va yangilanishi ramzidir“Natsіonalna Kіnopremіya prezentuє golovniy simvol — statuetku „Zolota Dziґa“ na ofіsіynomu saytі Natsіonalnoї kіnoakademії. Protsitovano 12.04.2017.

Taqdirlash marosimlari Marosim Sana Eng yaxshi kino Joy Marosim boshlovchisi 1-chi 2017-yil 20-aprel Gnizdo gorlitsiStrіchka „Gnіzdo gorlitsі“ peremogla v nomіnatsії „Naykraщiy fіlm“. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademії. 21.04.2017. Protsitovano 21.04.2017. Kiyev, Fairmont Grand Hotel Kyiv Oleksandr SkichkoVeduchim seremonії vruchennya Pershoї Natsіonalnoї Kіnopremії stane Oleksandr Skіchko. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademії. 9.03.2017. Protsitovano 11.03.2017. 2 2018-yil 20-aprel Natsіonalnu kіnopremіyu „Zolota Dziґa“ vruchatimut u 4 novix nomіnatsіyax. Arxіv origіnalu za 13 jovten 2017. Protsitovano 13 jovten 2017. kiborgi:Geroi ne vmirayutDasha Plaxtіy, Vyacheslav Dovjenko, Natalya Vorojbіt ta іnshі — laureati kіnopremії „Zolota Dziґa“. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademії. 20.04.2018. Arxіv origіnalu za 08.08.2018. Protsitovano 22.04.2018. Kiev, Parkovy kongress va koʻrgazma markazi Axtem Seitablayev va Vasilisa FrolovaVeduchimi „Zolotoї Dziґi“ stanut Axtem Seіtablaєv і Vasilіsa Frolova. Detektor medіa. 27 lyutogo 2018. Protsitovano 1.03.2018. 3 2019-yil 19-aprelPriynyato reglament Tretoї Natsіonalnoї kіnopremії Ukraїni „Zolota Dziґa“. Ofіsіyniy veb-sayt Ukraїnskoї kіnoakademії. 20.11.2018. Protsitovano 21.11.2018. DonbassLіlіya Zіnchenko. Ogolosheno peremojsіv kіnopremії „Zolota Dziґa 2019“ (POVNIY PYeRYeLІK). Detektor medіa. 19.04.2019. Protsitovano 19.04.2019. Kiyev, Parkovy kongress va koʻrgazma markazi Darya Tregubova va Oleg PanyutaVeduchimi „Zolotoї Dziґi 2019“ stanut Dar’ya Tregubova ta Oleg Panyuta. Detektor medіa. 18 lyutogo 2019. Protsitovano 19.02.2019. 4 2020-yil 3-mayOnlayn-seremonіya chetvertoї natsіonalnoї kіnopremії „Zolota Dziґa“ proyde 3 travnya. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademіya. 06.04.2020. Protsitovano 06.04.2020. Moi dumki tixi onlayn Darya Tregubova va Timur MiroshnichenkoVeduchimi onlayn-seremonії vruchennya Chetvertoї Natsіonalnoї kіnopremії stanut Dar’ya Tregubova ta Tіmur Mіroshnichenko. Ofіsіyniy sayt Ukraїnskoї kіnoakademіya. 24.04.2020.

Yana qarang

Ukraina kino akademiyasi

Manbalar

Havolalar

Milliy kinopremiya Reglament Drugoí̈ natsionalnoí̈ kínopremiíí̈ Reglament Tretyoí̈ natsionalnoí̈ kínopremiíí̈ Reglament Chetvertoí̈ Natsionalnoí̈ kínopremiíí̈ Turkum:Ukrain kino mukofotlari Turkum:2017-yilda Ukraina Turkum:2017-yilda tashkil etilgan mukofotlar