Yura Borisov
Tavvalud topgan 1992-yil 8 dekabrda (31 yosh)
Tugʻilgan joyi: Reutov, Moskva viloyati, Rossiya,Rossiya Fuqaroligi Rus Kasbi aktyor Karyera 2010 - hozirgi kunlar ham Mukofotlari: Rossiya kinotanqidchilari gildiyasining mukofotlari (2022) "Oltin burgut" (2021) "Yil aktyori" GQ (2020) "Yil voqeasi" (2019) "Oltin barg" (2013) IMDb ID 5426973
Yuriy Aleksandrovich (Yura) Borisov ( 1992-yil 8 dekabrda tavvalud topgan, Reutov ) - rus teatr va kino aktyori. "Oltin burgut" mukofoti sovriondori (2021) va "Oltin barg" mukofoti sovrindori (2013) laureati. GQ (2020) talqiniga koʻra Yilning eng yaxshi aktyori.
Biografiyasi 1992-yil 8 dekabrda Reutov shahrida tavallud topgan. 2013-yilda u M. S. Shchepkin nomidagi Oliy teatr maktabini ( V. M. Beylis va V. N. Ivanov kursini) tamomladi va " Zoykaning kvartirasi " spektaklidagi Aleksandr Tarasovich Ametistov roli uchun "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida " Oltin barg " mukofotiga erishdi. .
U 2010-yilda filmlarda suratga tushishni boshlagan. U "Har kimning oʻz urushi" (2011), "Xavf ostida" (2012), " Quyalar " (2013) teleseriallarida bosh rollarni ijro etgan.
2013-2014 yillarda Moskva " Satirikon " teatrida ifaoliyat olib borgan. .
2015-yilda u " Yosh gvardiya " teleserialida Sergey Tyuleninni, shuningdek, " Berlinga yoʻl " filmida bosh rolda suratga tushdi . 2017-yilda u " Otaning qirgʻogʻi " serialida bosh rolni (Stepan Morozov) oʻynadi. 2018-yilda u " Yetti nopok er-xotin " filmida bosh rolni oʻynadi, shuningdek, 3-mavsumdan boshlab " Olga " serialining asosiy tarkibida suratga tushishni noshladi, u yerda Leo roli oda gavdalandi. 2019-yilda u " Buqa " filmida bosh rolni oʻynadi, buning uchun u "Filmdagi eng yaxshi erkak aktyor " nominatsiyasida " Oltin burgut " mukofotiga nomzod boʻlgan, Shuningdek "Film Reporter" jurnalining "Yil kashfiyoti" nominatsiyasida "Yil voqeasi" muofotiga sazovor boʻldi.. Shuningdek, u " T-34 ", " Najot ittifoqi " va " Bosqin " filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.
2020-yil fevral oyida " Kalashnikov " filmi sahna yuziga chiqdi, unda Yuriy bosh rolni - Mixail Kalashnikov boʻliboʻynadi va kino tanqidchilaridan ijobiy baho oldi . Ushbu roli uchun u "Oltin burgut 2021" mukofotiga sazovor boʻldi.
2020-yil iyun oyida u Fedukning "Qol" video rolikida barcha asosiy rollarni oʻynagan.
2021-yil sentyabr oyida yozuvchi Viktor Pelevin qiyofasida yurgan Yuriy Borisov Moskvada sohta avtograf sessiyasini o‘tkazdi. Esquire nashriyotchisi Sergey Minaev tomonidan olingan surat Telegram sahifalarida paydo boʻldi, keyin ommaviy axborot vositalarida tarqaldi va bir muncha vaqt bu haqiqiy Pelevin degan taassurot insonlarda paydo boʻldi. Borisov shuningdek, Pelevin qiyofasida Esquire jurnalining oktyabr sonining muqovasida paydo boʻldi.
2021-yilda u Juho Kuosmanen rejissyori boʻlgan Olti-raqamli kupe filmida rol ijro etdi. Film taqdimoti Kannda boʻlib oʻtgan va festivalda Gran-prini olgan.
2024-yilda Borisov amerikalik rejissyor Shon Beykerning " Anora " filmida asosiy erkak rollaridan birini ijro etdi. Film Kann kinofestivalida “Oltin palma to‘pini” qoʻlga kiritdi.
Shaxsiy hayoti Aktrisa Anna Shevchuk bilan turmush qurgan. Ularning ikki janji qizalogʻi bor - Marfa va Akulina .
Tanlangan filmografiya
Teatrdagi faoliyati ; Maly teatrida
Junker - "Oq gvardiya" romani va M. A. Bulgakovning "Turbinlar kunlari" spektakli asosida "Qora qor" (rejissyor Evgeniya Dmitrieva)
"On Strastnom" teatr markazida
Mitya Lavrov - "Yaqinlaringiz bilan ajrashmang", A. M. Volodin (rejissyor Veronika Rodionova); Satirikon
Ludoviko - “Otello”, V. Shekspir (rej. Yuriy Butusov) Baltazar - “Romeo va Juletta”, V. Shekspir (rej. Konstantin Raykin) .
ГодНаградаКатегорияРаботаРезультат2013Золотой листЛучшая мужская роль«Зойкина квартира»2020Золотой орёлЛучшая мужская роль в кино«Бык»2020Московский международный кинофестивальChopard Talent Awards«Бык»2020Событие годаОткрытие года2020Премия журнала GQАктёр года2021Золотой орёлЛучшая мужская роль в кино«Калашников»2021НикаЛучшая мужская роль второго плана«Серебряные коньки»2021Премия Европейской киноакадемииЛучший актёр«Купе номер шесть»2021Международный кинофестиваль в Сан-ПаулуЛучший актёр«Купе номер шесть»2021Международный кинофестиваль в ВальядолидеЛучший актёр«Купе номер шесть»2021Золотой единорогЛучший актёр«Капитан Волконогов бежал»2022Белый слонЛучшая главная мужская роль«Капитан Волконогов бежал»2022Золотой орёлЛучшая мужская роль в кино«Капитан Волконогов бежал»
Turkum:XXI asr hind aktyorlari Turkum:Rossiyalik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:8-dekabrda tugʻilganlar